Get Mystery Box with random crypto!

Beshak biling bu dunyo Barcha xalqdin o‘taro Inonmag‘in moling | 🇺🇿 KUTUBXONA™ 📖📚|Rasmiy kanal

Beshak biling bu dunyo
Barcha xalqdin o‘taro
Inonmag‘in molingga
Bir kun qo‘ldan ketaro

Ota-ona qarindosh
Qayon ketdi fikr qil
To‘rt oyoqli cho‘bin ot
Bir kun senga yetaro

Dunyo uchun g‘am yema
Haqdin o‘zgani dema
Kishi molini yema
Sirot uzra tutaro

Axli ayol qarindosh
Hech kim bo‘lmaydi yo‘ldosh
Mardona bo‘l g‘arib bosh
Umring yeldek o‘taro

Qul Hoji Ahmat toat qil
Umring bilmam necha yil
Asli bilsang obi gil (tuproq)
Yana gilga ketaro