Get Mystery Box with random crypto!

#ijod_zavqi Sen qaydan bilasan, Balki yulduzlar Menga sirlari | 🇺🇿 KUTUBXONA™ 📖📚|Rasmiy kanal

#ijod_zavqi

Sen qaydan bilasan,
Balki yulduzlar
Menga sirlarini
Soʻylayotgandir.
Sen qaydan bilasan,
Balki bu koʻzlar
Unsiz bir qoʻshiqni
Kuylayotgandir.
Sen qaydan bilasan,
Balki keng olam
Shu moʻjaz qalbimga
Boʻylayotgandir.
Sen qaydan bilasan,
Balki meni ham
Kimdir qaydadir jim
Oʻylayotgandir...

Abdulla Oripov


@Kutubxona