Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvat | Қаҳрамон Қуронбоев - Kahramon Kuranbaev

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisi Sodiqjon Turdiyev bilan uchrashdim.

Uchrashuv davomida mahallalarda nuroniylar faoliyati samaradorligini oshirish, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga ko‘maklashish, keksalarning muammolarini manzilli o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha qator hamkorlikdagi chora-tadbirlarni muhokama qildik.

Shuningdek, kelgusida ham nuroniylar yosh avlodni xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash, aholi bandligini ta’minlash, mahallalarda tartibli va xavfsiz migratsiyani joriy etish yo‘nalishlarida “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikka kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida, hamkorlik memorandumi imzolandi.

https://t.me/kuranbayev_k