Get Mystery Box with random crypto!

Qo‘shrabotda qabriston yonib ketdi 2023-yil 23-iyul kuni soat | Samarqand | Kun.uz

Qo‘shrabotda qabriston yonib ketdi

2023-yil 23-iyul kuni soat 12:08 da Qo‘shrabot tumani ''Qo‘rolos'' MFY,   ''Qo‘rolos'' qishlog‘ida joylashgan ''Bubak Ota'' qabristonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajilari jalb etilgan va soat 13:29 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida qabristonning taxminan 3 gektar maydonida xas-xashak yongan. Hodisa oqibatida hech kim halok bo‘lmagan va jabrlanmagan.

Samarqand xabarlari