Get Mystery Box with random crypto!

Qaraqalpaqstan | Kun.uz

Telegram kanalining logotibi kunuzqoraqalpogiston — Qaraqalpaqstan | Kun.uz Q
Telegram kanalining logotibi kunuzqoraqalpogiston — Qaraqalpaqstan | Kun.uz
Kanal manzili: @kunuzqoraqalpogiston
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.41K
Kanalning ta’rifi

Kun.uz’dıń Qaraqalpaqstan Respublikasına tiyisli xabar hám jańalıqlar rásmiy kanalı.
Reklama: 998 78 113 10 10
Video jiberiw ushın 👉 @kunuzvideo_bot

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2022-07-03 00:33:58
“Qiyin paytda prezidentning o‘zi kelishi bizga ishonch berdi” — Nukusda vaziyat yaxshi tomonga o‘zgargani aytildi

Qoraqalpog‘iston kasaba uyushmalari birlashmasi raisi Ulug‘bek Jalmenovning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, prezidentning qoraqalpoq xalqiga murojaatidan keyin Nukusdagi tartibsizliklar to‘xtagan.

https://kun.uz/uz/12820729

Qoraqalpog‘iston xabarlari
6.9K views21:33
Ochish/sharhlash
2022-07-03 00:11:13
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyati qozisi Shamsuddin Bahauddinov aholini provokatsiyaga berilmaslikka va tinchlikning qadriga yetishga chaqirdi

Qoraqalpog‘iston xabarlari
6.5K views21:11
Ochish/sharhlash
2022-07-02 21:23:04
Shavkat Mirziyoyev: “Qoraqalpoq xalqining roziligisiz birorta ham modda o‘zgarmaydi”
8.7K views18:23
Ochish/sharhlash
2022-07-02 21:10:37
“Nukusdagi voqealarda bizni alohida-alohida xalqlar degan sovet targ‘ibotining ham o‘rni bor” — Alisher Qodirov

“Bizni alohida-alohida xalqlar, manfaatlari boshqa, taqdiri boshqa, orzu-havaslari boshqa-boshqa millatlarga aylantirish xohishi bilan olib borilgan sovet davrining maxsus ideologik eksperimentlari bugungi kunda xalqning qaysidir qismida o‘z ta’sirini ko‘rsatyapti”, deydi Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari Alisher Qodirov.

To‘liq suhbatni tomosha qiling
7.2K views18:10
Ochish/sharhlash
2022-07-02 20:59:14
Qoraqalpog‘istonlik jurnalist: “Vaziyatdan tashqi kuchlar foydalanib qolishidan xavotirda edim”

Qoraqalpog‘istonlik taniqli jurnalist Hurliman Nurjanova tartibsizliklar avj olib ketishidan xavotirga tushgani, prezidentning so‘zlaridan keyin ancha xotirjam bo‘lganini aytdi. “Shunday vaziyatda odamlarning emotsiyasidan foydalanadigan kuchlar tashqaridan kelishi mumkin degan qo‘rquvim bor edi”, dedi u va boshqalarni ham xotirjamlikka chorladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun prezident Shavkat Mirziyoyev Nukusga borib, Qoraqalpog‘iston aholisi bildirgan fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda O‘zbekiston Konstitutsiyasining 70-75-moddalari o‘zgarishsiz qolishini ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘iston xabarlari
6.9K viewsedited  17:59
Ochish/sharhlash
2022-07-02 19:43:52
“Osoyishtalikni buzishga urinayotgan har qanday shaxslarga qonun doirasida qat’iy choralar ko‘riladi” — prezident

“Yangi O‘zbekiston, Yangi Qoraqalpog‘istonni albatta birgalikda quramiz! Shu sohadagi barcha islohotlarimiz, muhokamalarimiz, hech shubhasiz, demokratiya va huquqiy mezonlar asosida amalga oshirilishi zarur”, dedi Shavkat Mirziyoyev Jo‘qorg‘i Kengesdagi chiqishida.

Prezident fuqarolarni hamjihatlik va birdamlikka, oqilona ish ko‘rishga, turli g‘arazli chaqiriqlarga berilmaslikka da’vat etdi.

https://kun.uz/04999981

Qoraqalpog‘iston xabarlari
6.8K viewsedited  16:43
Ochish/sharhlash
2022-07-02 19:33:25
Shavkat Mirziyoyev: Takliflardan kelib chiqib Konstitutsiya loyihasi o‘zgaradi va takomiliga yetkaziladi

Prezident Nukusdagi namoyish haqida gapirarkan, shunday dedi: “Xalqimiz hukmiga havola etilgan mazkur Konstitutsiyaviy qonun loyihasi hali qabul qilinmagan, umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan, xolos. Yana bir bor ta’kidlayman: fuqarolarimizning xohish-irodasi, taklif va fikrlaridan kelib chiqqan holda, ushbu loyiha o‘zgaradi va takomiliga yetkaziladi”.

https://kun.uz/uz/48787233

Qoraqalpog‘iston xabarlari
7.3K viewsedited  16:33
Ochish/sharhlash
2022-07-02 18:51:20
Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaning Qoraqalpog‘istonga oid moddalarini o‘zgartirmaslik kerakligini aytdi

Nukusga yetib borgan prezident Shavkat Mirziyoyev, Qoraqalpog‘iston aholisi bildirayotgan fikr va mulohazalarni o‘rgangan holda, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 70-, 71-, 72-, 74-, 75-moddalarini amaldagi tahrirda o‘zgarishsiz qoldirish zarurligini ta’kidladi.

Konstitutsiyani takomillashtirishga oid qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi 4 iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

https://kun.uz/uz/58764569

Qoraqalpog‘iston xabarlari
10.4K viewsedited  15:51
Ochish/sharhlash
2022-06-23 17:45:27
“Manzil”: Cho‘l o‘rtasida gaz qaziyotgan burg‘ilovchilar

Buxoro cho‘llari qa’riga 200 km yurib, qum barxanlari oralab kirib borsangiz, jazirama issiqda ishlayotgan insonlarni ko‘rasiz. Ba’zan 65°C issiq sharoitda ham ishlaydigan bu hamyurtlarimiz – “O‘zbekneftgaz”ning “O‘zneftgazburg‘ilash ishlari” korxonasi xodimlari – “Manzil” loyihasining navbatdagi qahramonlari.

TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
13.4K views14:45
Ochish/sharhlash
2022-06-20 11:30:34
Nega Turkiyaga ketishadi?

SUBYEKTIVchilar yangi ko‘rsatuv olish uchun Istanbulga bordi. Xo‘sh, minglab hamyurtlarimiz yaxshi hayot izlab borayotgan shaharda ularni nimalar kutadi? Istanbulda ish topish, yashab ketish qanchalik oson, u yerdagi o‘zbeklar hayoti qanaqa?

Vatandoshlarimizning uylarida mehmon bo‘lib, shu kabi savollarga javob oldik va shanba oqshomingiz uchun doimgidek sifatli kontent tayyorladik.

TOMOSHA QILING
14.5K views08:30
Ochish/sharhlash