Get Mystery Box with random crypto!

'Google' tomonidan yaratilgan, 10ta eng foydali va tekin xizma | Kunlik linklar

'Google' tomonidan yaratilgan, 10ta eng foydali va tekin xizmatlar.

1. ‘Google Docs Editors’ – bir necha (asosan) onlayn va tekin bo’lgan, o’ta foydali platformalardan tashkil topgan.
- ‘Google Docs’ – xujjatlar bilan ishlash
- ‘Google Sheets’ – raqamlar va formulalar bilan ishlash
- ‘Google Slides’ – taqdimotlar bilan ishlash
- ‘Google Forms’ – so’rovnomalar o’tqazish bilan ishlash
- ‘Google Sites’ – web-saytlar yaratish va ular bilan ishlash
2. ‘Google Public Data Explorer’ – orqali dunyodagi statistik sayt ma’lumotlarini taqqoslab, grafiklarni topishingiz mumkin. (Masalan: Jaxon Banki)
3. ‘Google Finance’ – moliyaviy axborotlar va bozorlar tahlili bilan ishlovchi platforma.
4. ‘Google Trends’ – Google’da qidirilgan barcha so’rovlarni, davlatlar hamda turli parametrlar bo’yicha izlash va ko’rish imkoniyatini beradi.
5. ‘Google Ads’ – asosan bizneslar uchun maxsus target reklamalar rejalashtirish va ma’lumotlar tahlilini kuzatish imkonini beradi.
6. ‘Google Earth’, ‘Google Sky’, ‘Google Moon’, ‘Google Mars’ orqali – Yer, Kosmos, Oy va Marsga nazar tashlash mumkin.
7. ‘Google Translate’ – 133 tildagi tarjimalar bilan ishlaydigan tarjimon.
8. ‘Google Podcasts’ – onlayn podcast, audio suhbatlar uyushtirish va tinglash uchun platforma.
9. ‘Google Digital Garage’ – 'Google' platformasi, biznes tahlili, marketing, biznes boshqaruvi va boshqa yo'nalishlar bo'yicha onlayn va bepul kurlslar.
10. 'Killed by Google' – 'Google' tomonidan “o’ldirilgan” barcha loyihalar ro'yxati va ularning ta'rifi.

@Science_and_Innovation