Get Mystery Box with random crypto!

Kun hikmati

Telegram kanalining logotibi kunhikmat — Kun hikmati K
Telegram kanalining logotibi kunhikmat — Kun hikmati
Kanal manzili: @kunhikmat
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.72K
Kanalning ta’rifi

https://t.me/Kunhikmatimp3

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-09-01 15:18:01
#756

Muhammad ibn Sirin rahimahulloh Alloh maqtagan bandalarining quyidagi sifati haqida aytadilar:

"Ular lag'u oldidan o‘tsalar, hurmatlarini saqlagan holda o‘tadilar "
(Al-Furqon.72)

"Ular avratlar ismini ochiq aytmay kinoya qiladilar !"

(Muhozorotul-adibba)

Telegram / Instagram / Facebook
631 views12:18
Ochish/sharhlash
2022-08-31 15:21:41
#755

Abul-Asvad ad-du'aliy rahimahulloh aytadilar:

"Majlisda o‘zingdan ulug‘lar gapirishi kerak bo'lgan so'zlarni gapirma ! Odamlar nafratiga qolasan.

Majlisda o‘zingdan kichiklar gaplarini ham gapirma! Odamlar kulgusiga qolasan
"

(At-tazkirotul-hamduniyyah)

Telegram / Instagram / Facebook
597 viewsedited  12:21
Ochish/sharhlash
2022-08-30 15:31:44
#754

Imom Mavridiy rahimahulloh aytadilar:

"Gapning eng yaxshisi o'zidan so‘ng boshqa gapga ehtiyoj qoldirmaydigan gap.."

(Adabud-din vad-dunya)

Telegram / Instagram / Facebook
587 views12:31
Ochish/sharhlash
2022-08-29 15:21:37
#753

Sulaymon alayhissalam bir chumchuq boshqasini gir aylanib uchib yurganini ko‘rib aytdilar :

"Bilasizlarmi u nima deyapti ?

U juftiga sovchilik qilib, unga Damashqdagi istagan qasrdan in qurib berishni va'da qilyapti. Aslida Damashq qasrlari toshdan qilinishini, unga chumchuq in qura olmasligini u yaxshi biladi.
Lekin, har qanday sovchi ana shunday yolg‘onchi bo'ladi !"

(Tarixu Dimashq)

Telegram / Instagram / Facebook
934 views12:21
Ochish/sharhlash
2022-08-28 15:21:04
#752

Ahnaf ibn Qoys rahimahulloh aytadilar:

"Men ham sultonimni rozi qiladigan, ham Robbimning g‘azabini keltirmaydigan biror gap bormikan deb tonggacha o‘ylab topa olmadim!"


(Tobaqotul-kabir)

Telegram / Instagram / Facebook
1.1K views12:21
Ochish/sharhlash
2022-08-27 15:19:03
#751

Imom Mavridiy rahimahulloh aytadilar:

"Oqilning og‘zi yuganlangan bo'lib, har qachon gapiraman desa yopilaveradi.

Johilning og‘zi qo‘yib yuborilgan bo‘lib, istaganida ochilaveradi!"

(Adabud-din vad-dunya)
1.3K views12:19
Ochish/sharhlash
2022-08-26 14:33:22
#750

Abul-atohiya aytadi :

"Agar sen sukut saqlashdan ojiz bo'lsang, gapingni yetkazib berishdan undan-da ojizsan!"

(Diyvonu-abul-atohiya)

Telegram / Instagram / Facebook
1.6K views11:33
Ochish/sharhlash
2022-08-25 15:15:09
#749

Imom Mavridiy rahimahulloh aytadilar :

"Gapira olmay salomat qolishing, gapirib qo‘yib nadomat qilishingdan yaxshidir!"

(Adabud-din vad-dunya)

Telegram / Instagram / Facebook
1.7K views12:15
Ochish/sharhlash
2022-08-24 15:25:56
#748

Ja'far ibn Yahyo rahimahulloh aytadilar:

"Qisqa gapirish yetarli o‘rinda ko‘p gapirish soqovlik (gapni tushuntirib berolmaslik)dir. Ko‘p gapirish kerak o‘rinda qisqa gapirish esa ojizlikdir"

(At-tamsil-val-muhozoro)

Telegram / Instagram / Facebook
1.8K views12:25
Ochish/sharhlash
2022-08-23 15:20:04
#747

Umar ibn Abdulaziz rahimahullohdan bir kishi so‘radi:

Qachon gapirishim kerak ?

U kishi aytdi:

"Agar sukut qilishni istasang !"

U odam : Qachon sukut qilay ? dedi.

Umar ibn Abdulaziz aytdi :

"Agar gapirishni istasang!"

(Gapirish nafsingga yoqayotgan bo'lsa sukut qil, sukut qilish nafsingga yoqayotgan bo'lsa gapir)


(Al-aqdul-farid)

Telegram / Instagram / Facebook
2.2K views12:20
Ochish/sharhlash