Get Mystery Box with random crypto!

Bismillahir rohmanir rohiym Barcha maqtovlar Allohga xosdir. | Kundalik Darslar( Rasmiy sahifa)

Bismillahir rohmanir rohiym
Barcha maqtovlar Allohga xosdir. Biz Unga hamd va istigʻforlar aytib, undan nafsimizning shumligi va amallarimizning yomonligidan panoh soʻraymiz. Alloh hidoyat qilgan kimsani adashtiruvchi, adashtirgan kimsani toʻgʻri yoʻlga soluvchi zot yoʻqdir. Men “Yagona, sheriksiz
Allohdan boshqa iloh yoʻq va Muhammad Uning bandasi va rasulidir” deb guvohlik beraman.

يٰۤـاَيُّهَا الَّذِيۡنَ اٰمَنُوۡا اتَّقُوا اللّٰهَ حَقَّ تُقٰتِهٖ وَلَا تَمُوۡتُنَّ اِلَّا وَاَنۡـتُمۡ مُّسۡلِمُوۡنَ

Ey iymon keltirganlar! Allohga haqiqiy taqvo ila taqvo qiling. Va faqat musulmon holingizdagina bu dunyodan oʻting. (Oli-Imron)

يٰۤـاَيُّهَا النَّاسُ اتَّقُوۡا رَبَّكُمُ الَّذِىۡ خَلَقَكُمۡ مِّنۡ نَّفۡسٍ وَّاحِدَةٍ وَّخَلَقَ مِنۡهَا زَوۡجَهَا وَبَثَّ مِنۡهُمَا رِجَالًا كَثِيۡرًا وَّنِسَآءً‌ ۚ وَاتَّقُوا اللّٰهَ الَّذِىۡ تَسَآءَلُوۡنَ بِهٖ وَالۡاَرۡحَامَ‌ ؕ اِنَّ اللّٰهَ كَانَ عَلَيۡكُمۡ رَقِيۡبًا

Ey odamlar! Sizlarni bir jondan yaratgan va undan uning juftini yaratib, ikkovlaridan koʻplab erkagu ayollar taratgan Robbingizdan qoʻrqinglar! Nomini ishlatib bir-biringizdan soʻrovda boʻladiganingiz Allohdan va qarindoshlik (aloqalari) dan qoʻrqing. Albatta, Alloh ustingizdan raqobat etuvchi zotdir.(Niso 1)

يٰۤـاَيُّهَا الَّذِيۡنَ اٰمَنُوا اتَّقُوا اللّٰهَ وَقُوۡلُوۡا قَوۡلًا سَدِيۡدًا


Ey iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar va toʻgʻri soʻz soʻzlanglar.

يُّصۡلِحۡ لَـكُمۡ اَعۡمَالَـكُمۡ وَيَغۡفِرۡ لَـكُمۡ ذُنُوۡبَكُمۡؕ وَمَنۡ يُّطِعِ اللّٰهَ وَرَسُوۡلَهٗ فَقَدۡ فَازَ فَوۡزًا عَظِيۡمًا

Sizning amalaringizni solih qilur va gunohlaringizni magʻfirat qilur. Kim Allohga va Uning Rasuliga itoat qilsa, batahqiq, buyuk zafarga erishibdir. (Al-Azhab, 70-71)


Soʻng...
Darhaqiqat, soʻzlarning rosti – Allohning Kalomi, yoʻllarning yaxshisi – Muhammad sollallohu 
alayhi va sallamning yoʻli, ishlarning yomoni – (dinda) yangi paydo qilinganlari, (dinda) yangi paydo 
qilingan barcha narsa bidʼat, barcha bidʼat – zalolat, barcha zalolat esa jahannamga eltuvchidir.

Ushbu kanalda Doktor Roshid Xusayin Abdulkarim hafizahullohning
"Masjid va Xonadonlarda o'qiladigan KUNDALIK DARSLAR" kitobidan darslarni qo'yib boriladi.

@KundalikDarslar