Get Mystery Box with random crypto!

​​Nega ko’p bitiruvchilar ish topa olishmaydi? Axir kompaniyal | Dasturchi kundaligi

​​Nega ko’p bitiruvchilar ish topa olishmaydi? Axir kompaniyalar ham ishchi qidiradi-ku?

Shaxsiydan “men dasturlashni o’rganmoqchiman, ammo vakansiyalar kanalini ko’rsam 100lab dasturchilar ishsiz ish qidirib yurishibdi. Ertaga man ham dasturlashda o’qisam 1000$ ga ish topa olamanmi?” deb so’rashgan ekan. Qiziq, haqiqatdan nega kompaniyalarga dasturchi, bitiruvchilarga ish kerak. Lekin ular bir-birini hech ham topa olmaydi. Bunga sabab: “Ishga kirishga ish staji, ish staji yig’ishga ish kerak” degan ahmoqona gap emas.

Keling muammoni boshiga qaytamiz. Muammo aslida borib o’quv markazlarining reklamasiga borib taqaladi. Ishkallik shu yerdan boshlanadi. “Bizni kursni o’qing va 1000$ lik ish egasi bo’ling”, “Bizni bitirgan o’quvchi 1000$lik ishga joylashdi”, “Bizni bitirganlar kamida 2000$lik kadr bo’lib chiqishadi” va hakozo.

Odatda kuchli kadrlar, (reklamada ko’rsatilingan) 2-3 ta guruhning bittasidan chiqishadi. Tahminan 20/1 20/2 nisbatdagi o’quvchilar orasidan. 20/10 nisbatdagi o’quvchilar dasturlashni tark etadilar. Qolgan 20/8 nisbatdagi odam esa freelance, shogird, stajirovka evaziga ishga kirishadi.

Bundan reklamadan motivatsiya olgan o’quvchi, kursni bitiriboq birinchi qilgan niyati: “yaxshi bilim to’plash, jamoa bilan ishlash” emas. Balki “qancha maoshga ishga kirsa bo’ladi?” degan fikr bo’ladi.

Manga vakansiya bo’yicha qanday yozishadi: “Assalomu alaykum. Va alaykum assalom. Yaxshimisiz? Alhamdulillah. Ish borasida yozyabman. Yaxshi, rezyume yuboring. Aka, avval oylikni kelishib olaylik… Block user”

Hurmatli ishlash staji 0 va 0.5 yil orasidagi yosh dasturchilar. Sizlarda o’qishdan keyingi 2 yil ham o’qish. U vaqt davomida katta pul topishni orzu qilmang. U vaqt ichida biror jamoaning yetakchi vakili bo’lishga harakat qiling. Sizni ishingiz sabab qadrlagan kompaniya, siz uchun oyiga 2000$ to'lashdan qochmaydi. Ishonavering, 1 oylik staj bilan sizni hech kim “2000$”ga ishga olmaydi :))

MuhammadYunus

Do'stlarga ulashing
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ