Get Mystery Box with random crypto!

KUNDALIK

Telegram kanalining logotibi kundaligimmanim — KUNDALIK K
Telegram kanalining logotibi kundaligimmanim — KUNDALIK
Kanal manzili: @kundaligimmanim
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 118

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2023-02-27 18:55:20 Nevaralarim :
‘‘Bobo, siz qanday buyuk ish qilgansiz‘‘ ,deyishsa,
-Magistrlikni tashlab ketganman, deb javob beraman)
65 viewsedited  15:55
Ochish/sharhlash
2023-02-24 17:47:41 Yiqildi deb o‘ylamang.
O‘ylamang sindim,cho‘kdim.
Kelgusi bahorgacha
Faqat bargimni to‘kdim. (Rumiy)
136 views14:47
Ochish/sharhlash
2023-02-19 21:22:42 Ertadan jismoniy mashqlarga start bermoqchiman . Yoshligimdan semiz bo‘lib qolish yaxshi emas ekan...
45 views18:22
Ochish/sharhlash
2023-02-19 17:02:35 Chingiz Aytmatov haqida qiziqarli ma‘lumotlar qidirib yutubga kirgan edim. Ko‘plab ma‘lumotlar oldim. Oldin ‘Jamila‘, ‘Asrga tatigulik kun‘, ‘Oq kema‘ asarlarini o‘qigandim. Bugun ‘‘Sarvqomat dilbarim‘ asari asosida suratga olingan kinofilmni tomosha qildim. Kino ajoyib, yig‘latadigan lavhalarga boy bo‘lib, inson uchun qiyin lahzalar ko‘p bo‘lishi, undan chiqish oson bo‘lmasligi, ozgina nojo‘ya harakat to‘g‘rilab bo‘lmas xatolarga olib kelishi tasvirlangan ekan. Filmda sof sevgi asosida vujudga kelgan oilaning xiyonat tufayli buzilishi , faqat sevgining o‘zi yetarli bo‘lmasligi Ilyos va Asal kabi qahramonlar orqali ko‘rsatib berilgan.
O‘zbek kinosini doim tanqid qilib kelaman. Lekin haqiqiy aktyorlar ijro etgan filmlar borligini ham unutmagan holda ushbu kinoni tavsiya qilsa arziydi.

Kinoni ko‘rib mehribonimni yana ham yaxshi ko‘rib ketdim. Uni juda yaxshi ko‘raman.

19.02.2023
64 viewsedited  14:02
Ochish/sharhlash
2023-02-08 18:01:20
Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan maktabimizda tashkil etilgan tadbirda 9-‘B‘ sinf o‘quvchilari ‘Badarg‘a‘ deb nomlangan sahna asarini namoyish etishdi.
Unda ishtirok etgan o‘quvchilarning,ya‘ni, Jasurbek, Jamshiddin,Ozodbek,Jasurbek,
Samandar, Asadbeklarning ota-onalariga kattakon rahmat. Ushbu lavha tayyorlanish jaroyonidan sahnagacha bo‘lgan holatda olingan.

#Tiniq variantda
55 views15:01
Ochish/sharhlash
2023-02-02 21:52:50 IJARA

Gazetda o‘qidim hayotimiz zo‘r,
Radio bong urdi maosh oshibdi.
Televizorni yoqsam hammasi yaxshi
Vatan xizmatingga yurak oshiqdi.

Yo erta tug‘ildim, yoki juda kech,
Sababi negadur baxtim kulmaydi.
Ijaraga to‘lab oylik yarmini
Yashashni yaxshi deb yozib bo‘lmaydi.

Senda musofirman, senda fuqaro,
Senda ruhim asir, iskanjada tan.
"O‘lan to‘shagim" deb yozaman ammo
Senda ijarada yashayman vatan.

Noshud deb atama, nonko‘r demagin,
Shoirim desang bas xursandman meni.
Har oy puling to‘lab, ko‘chishga tayyor
Ijara uyimday sevaman seni.

10.02.2020
Navoiylik Alisher
24 views18:52
Ochish/sharhlash
2023-01-28 20:06:40 So‘z erkinligi aslida yo‘q narsa. So‘zingizga ehtiyot bo‘ling. Katta og‘a hamma narsani kuzatadi) telefoningdagi shaxsiy ma‘lumotlarda parol bo‘lsin. Do‘stingizga ham sirni aytmang. O‘zingiz saqlay olmaganni u qanday saqlasin. Do‘stingiz qachondir dushmaningiz bo‘lishi mumkin.

Kech bo‘lganda shunaqa gaplar esimga tushib qoldi)
76 views17:06
Ochish/sharhlash
2023-01-25 20:25:08
128 views17:25
Ochish/sharhlash
2023-01-25 20:24:50
125 views17:24
Ochish/sharhlash
2023-01-24 18:39:59 Yaxshilari

Eng yoqtirgan hind filmi: O‘m shanti O‘m.
Jahon filmi: Archalar
Eng yoqtirgan multfilm: Muzlik davri.
Eng yoqtirgan serial : Yunus Emro
Eng yoqtirgan oyoq kiyim : makas)
Eng yoqtirgan futbol klub : Al nasr)
Eng yoqtirgan taom: xonim
eng yoqtirgan tezpishar: lavash)
Eng yoqtirgan qo‘shiq: ko‘p unaqasi)
Eng yoqtirgan rang : pushti)
Eng yoqtirgan ichimlik : cola
Eng yoqtirgan kitob: hozircha aynan yo‘q.

Agar kundaligim elektron bo‘lmay. Qog‘ozda bo‘lganda chang bosib ketarmidi bunaqa kam yozishimda)
166 views15:39
Ochish/sharhlash