Get Mystery Box with random crypto!

KundaLeaks

Telegram kanalining logotibi kundaleaks — KundaLeaks K
Telegram kanalining logotibi kundaleaks — KundaLeaks
Kanal manzili: @kundaleaks
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.46K
Kanalning ta’rifi

#itsinteresting;
#didyouknow;
#facts;
#question;
#person, etc.
Taklif va shikoyatlar uchun : @kunda_leaks_bot

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-02-19 15:18:09
#itsinteresting

Linkoln va Kennedi. Tasodif? (2-qism)

8. Endryu Jonson 1808-yilda tug'ilgan, Lindon Jonson oradan 100 yil o'tib, 1908-yilda.
9. Linkoln shaxsiy kotibining ismi Jon edi, Kennedi shaxsiy kotibasi Linkoln familiyali edi;
10. Jon But (Linkoln qotili) 1839-yilda tug'ilgan, oradan 100 yil o'tib, 1939-yilda Li Xarvi Osvald (Kennedi qotili) tug'ilgan;
11. Ikkala qotil ham ekstremistik qarashlarga ega janublik edi;
12. J.But teatrda Linkolnni o'ldirib, teatr omborxonasiga bekingan, L.X.Osvald kitoblar saqlanadigan omborxonadan Kennediga o'q uzgan va kinoteatrga bekingan;
13. Ikkala qotil ham sudgacha yetib bormagan va o'ldirilgan;
14. LINCOLN va KENNEDY - 7 harfdan iborat;
15. ANDREW JOHNSON va LYNDON JOHNSON - 13 harfdan iborat;
16. JOHN WILKES BOOTH va LEE HARVEY OSWALD - 15 harfdan iborat.
17. Jon But 26-aprelda 26 yoshida, Li Xarvi Osvald 24-noyabrda 24 yoshida vafot etgan;

Bundan tashqari, yana bir qancha o'xshash tomonlar mavjud. Bu haqida keyingi postda.

@kundaleaks
680 viewsedited  12:18
Ochish/sharhlash
2022-02-18 09:21:54
#itsinteresting

Linkoln va Kennedi. Tasodif?
(1-qism)

Amerikalik havaskor matematik va yozuvchi Martin Gardner 1964-yilda AQSHning 16-prezidenti Avraam Linkoln va 35-prezidenti Jon Kennedilarning bir qancha o'xshash holatlari bo'yicha maqola yozadi. Unga ko'ra:
1. Linkoln 1860-yilda prezidentlikka saylanadi oradan 100 yil o'tib, 1960-yilda Kennedi saylanadi;
2. Ikkala prezident ham afroamerikaliklar huquqi bo'yicha kurashadi;
3. Ikkalasi ham juma kuni o'ldirilgan, ikkala holatda ham rafiqalari yonlarida bo'lgan;
4. Oq uydagi hayotida ikkalasining ham rafiqalari farzandlaridan judo bo'lishgan;
5. Ikkalasi ham boshning orqasiga otilgan o'qdan vafot etishgan;
6. Linkoln Ford teatrida o'ldirilgan, Kennedi o'ldirilganida u "Ford Motor Company" ga tegishli "Linkoln" kabrioletida edi;
7. Ikkita holatda ham prezidentlikka Jonson familiyali vitse-prezidentlar kelishgan, ikkala Jonson ham demokrat, janublik va senatorlar edi;
...
@kundaleaks
665 views06:21
Ochish/sharhlash
2022-02-16 10:13:39
#didyouknow

Yosh Verter va Sergey Yesenin o'rtasida qanday bog'liqlik bor?

Verter
- I.V.Gyotening "Yosh Verterning kechinmalari" asari qahramoni. Asar yakunida sevgisiga erisha olmagan Verter o'z joniga qasd qiladi. Mazkur asar XVIII asrda Yevropada o'z joniga qasd qiluvchi yoshlar soni oshib ketishiga sabab bo'lgan. Shundan so'ng mazkur jarayon "Verter effekti" nomini olgan.

S.Yesenin - rus shoiri, 1925-yil 28-dekabrda o'z joniga qasd qilgan. Mazkur voqaeadan so'ng 1926-yilda SSSRda o'z joniga qasd qiluvchilar soni nihoyatda oshib ketadi. Shunga o'xshash holatlar Rossiya va Sobiq Ittifoq davlatlarida ba'zida "Yesenin sindromi" deyiladi.

Ikkala holatda ham bir shaxsning o'limi ommaviy o'z joniga qasd qiluvchilar soni oshishiga olib kelgan.

@kundaleaks
716 views07:13
Ochish/sharhlash
2022-02-15 11:33:58 Javob : Shahar xaritasi

@kundaleaks
670 views08:33
Ochish/sharhlash
2022-02-15 10:18:14 #question

1968-yilda SSSR armiyasinining Pragaga kirib kelishi bilan bosmaxona mahsulotlari bilan savdo qiluvchi mahalliy sotuvchilar o'z do'konlarining peshtaxtalaridan X larni olib tashlashadi. Natijada sovet zobitlari X larni chet ellik turistlardan olishga majbur bo'lishadi. X ni ikki so'zda ayting!

@kundaleaks
670 views07:18
Ochish/sharhlash
2022-02-14 08:51:39
#didyouknow

Barselona o'z emblemasini Bazeldan ko'chirganmi?

Shveytsariyaning "Bazel" jamoasida uzoq yillar sardorlik qilgan Joan Gamper Afrikada shakar biznesini amalga oshirish uchun yo'lga chiqadi. Yo'l-yo'lakay u Barselonada yashovchi amakisini ko'rib o'tishga qaror qiladi. Shahar Joanga tezda yoqib qoladi va u temir yo'l kompaniyasiga ishga o'tadi. Keyinchalik u mahalliy gazetalardan biriga shaharda futbol jamoasi tashkil qilish uchun e'lon beradi. E'lon shevytsariyalik, britaniyalik va ispaniyalik futbol ishqibozlarini qiziqtirib qoladi va ular yangi tashkil etilayotgan jamoaga ta'sischi bo'lish xohishini berishadi. 1899-yil 29-noyabrda bo'lib o'tgan saylovlarda u jamoa sardorligiga saylanadi, bu paytda Joan 22 yoshda edi. Keyinchalik u jamoa prezidentligiga saylanadi.
Barselona va Bazelni bir inson - Joan Gamper birlashtirib turadi.

@kundaleaks
749 viewsedited  05:51
Ochish/sharhlash
2022-02-11 13:13:30
#itsinteresting

Danning - Kryuger effekti nima?

Ba'zi bilimi va qobiliyati past odamlar o'zini bilimli va ko'p sohalarda yetuk, deb biladi. Natijada faoliyati davomida ko'plab xatolarga yo'l qo'yadi, omadsizlikda o'zi emas, balki o'zgalar aybdor deb hisoblaydi.
Effektning teskari ko'rinishi - bilimi va kompetensiyasi yuqori odamlar o'ziga past baho beradi.

Effektning ko'rinishi

Bilimi va saviyasi past odamlar:
- men hammadan ko'p bilaman, deb hisoblashi;
- odatda xato qaror chiqaradi, lekin omadsizlik o'zining saviyasizligi bilan bog'lamaydi;

Bilimlilar, ekspertlar :
- o'zini qobiliyatlarini har doim past baholaydi;
- o'zidan boshqalarni ustun deb biladi.

Ushbu effekt psixologlar D.Danning va J.Kryugerlar tomonidan o'rganilib, 1999-yilda bir qancha ekperimentlar o'tkazilgan.

@kundaleaks
860 views10:13
Ochish/sharhlash
2021-05-06 10:45:57 ​​#itsinteresting

Intellekt

Missisipidagi Dengiz tadqiqotlari instituti hududidagi hovuzni toza saqlash maqsadida institut mutasaddilari delfinlarga chiqindilarni terishni o'rgatishadi. Har bitta olib kelingan chiqindi uchun delfinlar bir dona baliq bilan taqdirlanar edi. Kelli laqabli delfin o'zgacha yo'l tutishga qaror qiladi : ko'proq baliq olish maqsadida u chiqindilarni bo'laklarga ajratadi va har bir bo'lak uchun bitta baliq ola boshlaydi. Bir safar Kelli baliq yordamida chayka qushini tutib oladi va bu uchun yanada ko'proq mukofot oladi. Endi u baliq yordamida chaykalarni tutishni o'rganib olgandi. Kelli bu tajribani yosh delfinlarga ham o'rgatadi.
Delfinlar orttirilgan tajribani avlodlariga qoldirishi mumkin.

@kundaleaks
3.3K viewsedited  07:45
Ochish/sharhlash
2021-04-14 12:24:46 ​​#itsinteresting

Xalqaro "kiydirish"

1974-yilda Shimoliy Koreya Shvetsiyadan 1000 dona Volvo avtomobillariga buyurtma beradi. Avtomobillar o'z muddatida yetkazib beriladi, lekin Shimoliy Koreya buyurtmalar uchun to'lovni amalga oshirmaydi. Ushbu buyurtma uchun haligacha to'lov qilinmagan va Shimoliy Koreya buni shunchaki e'tiborsiz qoldirmoqda. Davlatlar o'rtasida ham "kiydirish" bo'lib turadi.

@kundaleaks
2.9K viewsedited  09:24
Ochish/sharhlash
2021-04-13 15:24:19 #words

Kinnachi

Kinna soluvchi, kinna solish bilan shug'ullanuvchi shaxs; kinnakash.
- Tunov kuni boshim og'rib, kinnachini chaqirsam, [qaynonam] haydab yubordi, - dedi Savlatxon o'rtog'iga. G'ayratiy, Savlatxon.
Uyalganlaridanmi yo kinnachiga aldanganlaridanmi, ajin bosgan yuzlari qip-qizarib ketgandi. A.Mirahmedov, Kulgan chechaklar.

O'zbek tilining izohli lug'ati, "K", 368-bet.

- Shahnoza, kunimiz kinnachilarga qolgan!
"Kichkina tabib" b/f.

@kundaleaks
1.7K views12:24
Ochish/sharhlash