Get Mystery Box with random crypto!

#didyouknow 'Pulni yuvish' iborasi qanday paydo bo'lgan? Ver | KundaLeaks

#didyouknow

"Pulni yuvish" iborasi qanday paydo bo'lgan?

Versiyalarga ko'ra, AQSHda quruq qonun paytida Chikago mafiyasi spirtli ichimliklarni sotish evaziga yaxshigina daromad olardi. Daromadni qonuniy rasmiylashtirish uchun avtomatik kir yuvish shaxobchalari tashkil qilingandi. Bunday shaxobchalarda to'lov naqd pulda amalga oshirilardi va haqiqatda qancha odam xizmatdan foydalanganini aniqlashning imkoni yo'q edi. Kir yuvish shaxobchalari orqali noquniy daromadni qonuniylashtirish money laundering ya'ni pulni yuvish deb atala boshlagan.
Shu ko'rinishda "pul yuvgan"larga misol qilib Al Kaponeni keltirish mumkin. Uning shaxobchalarida kir yuvish narxi juda past edi va o'z-o'zidan mijozlar soni juda ko'p edi. Mijozlar sonini haqiqatda aniqlashning imkoni yo'q va kirim sifatida amalda xohlagan raqamni yozish mumkin.

@kundaleaks