Get Mystery Box with random crypto!

Mustaqilligimizning 31 yilligi muborak boʻlsin yurtdoshlar. O | Kulrang rasmlar | Rasmiy

Mustaqilligimizning 31 yilligi muborak boʻlsin yurtdoshlar.

Oldin bu kunni unchalik qadriga yetmaganman, yoki yaxshi anglab yetmagan. Lekin oxirgi ikki yil davomida mustaqillik qanday ne'mat ekanligini yaxshi anglab yetdim.

Bu millatga xorlik yarashmagay, qullik yarashmagay, biz shu millat rivoji uchun yanada kuchli harakat qilishimiz kerak.
Ochiq aytaman sovetlar tuzumini yomon ko'raman va nafratlanaman, bu buyuk millatni xor qilishgan, qanday buni yoqlash mumkin, mustaqillik bizni shunday tuzumdan olib chiqdi. Bu yurt Mustaqilligi uchun juda ko'p insonlar halok bo'lishdi, biz ularga mos avlod bo'lishimiz va millat uchun yonishimiz kerak.

Yana bir bor bayram muborak boʻlsin, shu yurt shu millat uchun harakat qiling, bu millatdan yana buyuklar chiqishiga ishonaman.

@afaxriddinn