Get Mystery Box with random crypto!

Xop.. Biz o'qishga kira olmay qolishdan qo'rqamiz! Kira olmas | Kulrang rasmlar | Rasmiy

Xop..

Biz o'qishga kira olmay qolishdan qo'rqamiz! Kira olmasak hammasi tamomdek! Ota-Onamiz biz bilan faxrlanishi xuddiki shu o'qishimiz bilan o'lchanayotganday. O'qishga kirib olsak hammasi zo'r bo'lib ketadi deb o'ylaymiz. Muammolar o'qishga kirib olsak tugaydi deb o'ylaymiz. Kirishni maqsad qilib asl ma'noni yo'qotamiz.

Yangiliklar qilishdan, hayotimizda yangi narsalar sinab ko'rishdan qo'rqamiz. Tavakkul qila olmaymiz! Yutquzishdan, sharmanda bo'lishdan qo'rqamiz. Odamlar nima deyishi biz uchun muhim.

Sevgimiz oshkor etishga qo'rqamiz. U rad etsa hammasi tugaydi deya. Imkoniyatlardan voz kechamiz. Sevaman deya ota-onamizga ayta olmaymiz. Hislarimizni, gaplarimizni, tuyg'ularimizni erkin ko'rsata olmaymiz. Asl o'zimizdan, ustimizdan qotib kulishlaridan qo'rqamiz.

Yoqmay qolishdan qo'rqamiz. Borimizni yashiramiz. Uyalamiz asli o'zimizdan. Munosabatlarda faqat o'zimizni yaxshi tomonimizni ko'rsatamiz. Yaqinlarimizni aldaymiz. Shirin so'zlar o'rniga achchiq so'zlar ishlatamiz. O'zimiz ham bilmasak kerak nega bunaqa qilayotganimiz. Nimaga bunaqamiz?!

O'zimiz istagandek dam olmaymiz. Kokteyl, 2 bo'lak tort va musiqa yoki kino ko'rib. Qanday mazza?! Lekin biz hattoki shuni ham qila olmaymiz. Qo'rqamiz. O'zimiz bilan yolg'iz qolishdan qo'rqamiz. O'zimiz bilan suhbat qurishdan, ichki dunyoyimizni o'rganishimizdan, kechagi kunimizni tahlil qilishdan qo'rqamiz. Odamcha ham taslim bo'lib kelmay qo'ygan.

Transportda ketayotganda hissiyotlarimizni yashiramiz. Yaqinlarimizdan shirin so'zlarimizni ayaymiz. Ichimizdagilarni gapira olmaymiz. Ular bilan o'tirib choy ustida suhbat qurish o'rniga soatlab ijtimoiy tarmoqlarga vaqtimizni sarf qilamiz. Sayr qilish o'rniga shunchaki uyda o'tirib o'yin o'ynaymiz. Bizga berilgan ne'matlardan foydalanishni bilmaymiz.

Bilmadim biz qachon o'z fikrimizga ega bo'lamiz, o'zimiz xohlagancha yashaymiz. Qachon bizga odamlarning fikri qiziq bo'lmaydi. Qachon o'zimiz uchun yashashni, o'zimiz kelajagimiz uchun yangi narsalarni kashf qillishni boshlaymiz. Bilmadim.

Biz uchun kitob o'qish zerikarli, eskilik. Ilmdan, rivojlanishdan yiroq bo'lgan insonlar bo'ldik. To'g'ri *Google borku, nima qilamiz miyamizni ishlatib.

Anchagina yashab qo'ydik lekin hali o'zimizni topmadik, hattoki harakat ham qilmadik. O'z ustimizda ishlamaymiz, tunlar bedor bo'lish o'rniga kunni tunga ulab uxlaymiz. Kelajagimiz, oilamiz, farzandlarimiz, millatimiz uchun qayg'urmaymiz. Bugunumiz o'tsa, qornimiz och qolmasa bo'ldida nima deysizlar?! Bunday be g'am bo'lib yashashga nima yetsin. Qachon biz bunday holatga keldik?

Qayg'urmang, ortimizdan o'zbekligidan, bekligidan, aslidan, ajdodlaridan uyaladigan, g'arbga havas qilgan, eskilikni zamonaviylik degan, dinni esa eskilik qoloqlik degan millat yetishib kelmoqda. Bemalol uxlashda, ilm olmasdan, kitob o'qimasdan yashashda so'zlaringizni qizg'anishda, yaqinlaringizdan vaqtingizni ayashda, tavakal qilmasdan yashashda davom eting. Mazza qilib yashang.

@AdizSaidov blog.