Biz kelib ketuvchi to’garak jahon Na boshi ma’lum na so’ngi ay | 𝗞 𝘂 𝗹 𝗴 𝘂 𝗹 𝗮 𝗿 𝗶 𝗦 𝗼 𝘅 𝘁 𝗮 🥀
Biz kelib ketuvchi to’garak jahon Na boshi ma’lum na so’ngi ayon Hech kimsa rostini aytib berolmas Biz qaydan keldigu ketarmiz qayon Keksa yosh hayotga har kimki yetar Hammasi izma-iz birma-bir o’tar Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy Ketdilar, ketamiz, kelishar, ketar Kelmoq qo’lda bo’lsa kelmasdim bir dam Ketmoq qo’lda bo’lsa ketmas edim ham Juda soz bo’lardi bu g’amxonaga Kelmasam, turmasam, kelib ketmasam. Afsuski yigitchilik mavsumi bitdi Ko’klam o’tib ketdi, qish kelib etdi Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi Bilmadim qachonlar keldi-yu ketdi.