Get Mystery Box with random crypto!

Qaynona kuyovlarini sinab koʻrmoqchi boʻlibdi. Kuyovlari mehmo | Kulgu hazillar

Qaynona kuyovlarini sinab koʻrmoqchi boʻlibdi. Kuyovlari mehmonga kelgan kuni hovlisidagi basseynga qaynona oʻzini tashlabdi. Katta kuyovi koʻrib qolib, "Oyijon" deb yugurib kelib, suvga sakrab qutqarib olibdi.
Ertasi kuni qaynona shu kuyoviga Neksiya sovgʻa qilibdi. Yana bir kun poylab oʻzini suvga tashlabdi. Bu kunni intizorlik bilan kutgan oʻrtancha kuyov yugurib kelib, kiyimlari yechmasdan suvga sakrab qaynonasini qutqarib chiqibdi. Koʻp oʻtmay u kuyov ham Sparkli boʻlibdi.
Uchinchi martta choʻkayotganida kenja kuyov parvo ham qilmabdi. Qaynona baqirarmish: "Qutqaringlar, Yordam bering kuyov bola!!!
Kenja kuyovi buni eshitib:
— Menga velosiped sovgʻa qilgandan koʻra, choʻkib ketganingiz yaxshi, - debdi.
Qaynona choʻkib ketibdi. Marakalarni oʻtkazib, uyiga qaytmoqchi boʻlgan kuyovni qaynotasi uni bir chepga chaqirib:
— Kuyov bola, mana kalit! Darvozani yonida turgan yangi Malibuni haydab ketarsiz...! - dermish.

@Kulgu_xazillar_24