#Qabul2022 Bugun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni Bugu | insta|storis
#Qabul2022 Bugun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni
Bugun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi.
Abituriyentlar bugun 23:59 ga qadar my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishlari (oldingi yillar bitiruvchilari) mumkin.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar esa oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan qabul komissiyalarida ro‘yxatga olinadi.
Abituriyentlar kun yakuniga qadar ro‘yxatdan o‘tish bilan birga o‘z ma’lumotlari va tanlagan ta’lim yo‘nalishlarini o‘zgartirishlari mumkin.
Davlat test markazi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilagan holda qabulning so‘nggi soatlarini kutmasdan ertaroq ro‘yxatdan o‘tishni hamda ta’lim yo‘nalishlari va tanlov ustuvorligini belgilashda e’tiborli bo‘lishni tavsiya qiladi.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma:
Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📺Bizning Kulgi Media kanalimizga xush kelibsiz. Eng qaynoq va eng kulguli videolar faqat bizda!. Kanal guruhi : @Kulgimedia_chat. Bizdan uzoqlashmang ❗ . Murojaat uchun: @Sanjarbek_Hasanov. https...