Get Mystery Box with random crypto!

Maktablarda sinf Sardorlar sayloviga start berildi! 6-sentya | SHIMBAY JASLARI

Maktablarda sinf Sardorlar sayloviga start berildi!

6-sentyabrdan 10-sentyabrga qadar sinf Sardorlar saylovi bo'lib o'tadi. Siz iqtidorli, bilimli va shijoatli, ayniqsa, tengdoshlaringizni bir maqsad yo'lida birlashtira olsangiz sizda ham Sardor bo'lish imkoniyati mavjud.

12-sentyabrdan 15-sentyabrgacha esa maktab Sardorlar sayloviga start beriladi, maktab Sardorlar saylovida sinf Sardorlari ishtirok etish huquqiga ega bo'lishadi.

Saylovda qatnashish uchun maktabingizdagi boshlang'ich tashkilot yetakchisi yoki MMIBD(direktor o‘rinbosari)ga murojaat qilgan holda Sardorlar Saylovida qatnashishingiz mumkin.

Barchangizga saylovda omad tilaymiz, Sizni o‘zingiz kutmagan muvaffaqiyatli kelajak kutmoqda!

#sardorlarsaylovi #maktab

Bizning sahifamiz:
@kamalakbt_uz