Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli abiturientlar! Hozirgi kunda abiturientlar faqatgina | ERTA.KIMYO kanal

Hurmatli abiturientlar!
Hozirgi kunda abiturientlar faqatgina olgan ballini bilishayapti, lekin o'zlari bilan raqobatdosh abiturientlarni ballari qanday, olgan balli grantga, kontraktga yetadimi, buni bilmayapti.
@demotestrobot maxsus botiga DTM ruhsatnomangiz va olgan ballingiz (Javoblar varaqasi) ning PDF shaklini kiriting. Natijada siz o'zingiz topshirgan yo'nalishda ayni vaqtda nechanchi o'rinda turganligizni ko'rishingiz mumkin.
Siz topshirgan yo'nalishga masalan 100 kishi qabul qilinadi, 1000 kishi hujjat topshirgan. Lekin botga 10 kishi natijasini yuborgan bo'lsa, bot faqat shu 10 kishi bilan natijangizni solishtiradi. Shuning uchun haqqoniy chiqishi uchun 1000 kishini hammasi botga natijasini yuborsa, shunda sizning o'rninggiz aniq chiqadi. Shuning uchun ushbu bot haqida respublikamizdagi barcha abiturientlarga yetkazing, ularni taklif qiling.
Hozir siz botga natijangizni kiritsangiz, masalan 1-o'rin deb chiqishi mumkin, agar boshqalar ham natijalarini yuborsa, va ular sizdan yuqori ball olsa o'rningiz o'zgaradi.

Qancha hamma abiturientlar tezroq natijalarini jo'natsa, shuncha tez haqiqiy o'rningiz aniqlashib boraveradi.

Agar kvota 20 ta bo'lsa, botda siz 25-o'rinda bo'lsangiz, bu hali o'qishga kira olmaysiz degani emas. Chunki sizdan yuqoridagilar, boshqa yo'nalishlarga ham topshirgan. Masalan 1-o'rindagi abiturient uchun bu yo'nalish 2-tanlov bo'lsin, u 1-tanloviga ham kirgan bo'lsa, yakuniy saralashda 2-tanlovdagi o'rni bo'shaydi.

G'oya muallifi: Rustam Bosimov. Guliston shu. ENGLISH HOUSE o'quv markazi rahbari.

@demotestuz
@rustambosimov