Get Mystery Box with random crypto!

#Krepeduz_Qahramoni 'Kreativ metodlar bilan darslar yanada | Krepeduz qahramonlari

#Krepeduz_Qahramoni

"Kreativ metodlar bilan darslar yanada qiziqarli o'tmoqda... "

Boboyeva Shahnoza Muminovna, Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi 28- umumta'lim maktabining oliy toifali Ona tili va Adabiyot fani o'qituvchisi.

Krepeduzning bugungi mehmoni Shahnoza ustozimiz o'ziga ishongan, yangiliklarga o'ch va izlanishdan charchamaydigan, kreativ pedagoglarimizdan biridir.

Keling, ustozimning kurs haqida va natijalari haqida fikrlari bilan qisqacha tanishamiz:

"Assalomu alaykum, ustoz! Ta'tilni "Kreativ pedagog" kanali bilan birgalikda maroqli o'tkazdim. Guruhda o'qib turli dars o'tish metodlari va texnikalari bilan tanishib chiqdim. Natijalar a'lo darajada!

Doimo tuman va viloyat seminarlarida darslarni turli xil metodlar yordamida qiziqarli qilib o'tkazishga harakat qilar edim. Endilikda esa kursingizda ta'lim olib yanada qiziqarli va kreativ metodlarni o'zlashtirdim. Buning uchun sizlarga tashakkur!

Faoliyatlaringizga omad tilayman . Charchamang , aziz ustozlar! Bergan bilimingiz uchun Olloh sizlardan rozi bo'lsin. Doimo el ardog'ida bo'ling!


@Krepeduz_Qahramoni