Get Mystery Box with random crypto!

#Krepeduz_Qahramoni 'Biz uchun har bir dars xuddi bayramde | Krepeduz qahramonlari

#Krepeduz_Qahramoni

"Biz uchun har bir dars xuddi bayramdek bo'lmoqda..."

Quryozova Sanobar Karimovna, Xorazm viloyati, Yangiariq tumani
19-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.


Bizning bugungi mehmonimiz o'qituvchilik borasida katta va uzoq yillik malakaga ega bo'lishiga qaramasdan, o'zini rivojlantirgan va Kreativ Pedagoglar qatoridan o'rin egallagan fidoyi ustozlarimizdandir.

Keling yaxshisi, ustozimizning shaxsiy fikrlari bilan batafsil tanishamiz:

"Men 32 yillik tajribaga egaman, ijodkor o'qituvchiman. Shunday bo'lsada bu onlayn kursda o'qib zamonaviy metod va usullar bilan yanada mahoratimni oshirishga qaror qildim. Natija juda a'lo. Men Kreativ Pedagog kanalidan juda minnatdorman.

Chunki men bu kursdan juda ko'p metod va motivatsiya jarayonlarini mukammal o'rgandim. Jumladan "Suxandon", "Eng yaxshi fikr", "Muxbir", "Aloqa", "Do'stingni top", "Zakovat" kabi ko'plab metodlardan darslarimda foydalanayapman.

Men har darsimda 3 tadan ota-onani taklif qilayapman va har darsni ochiq dars shaklida olib borayapman. Ota-onalar ham farzandlarining bunchalar qiziqish bilan o'qiyotganidan judayam xursand.

Biz uchun har bir dars xuddi bayramdek bo'lmoqda
! Buning uchun Kreativ Pedagog kursidan judayam minnatdorman. Katta rahmat!"

@Krepeduz_Qahramoni