Get Mystery Box with random crypto!

'Hatto passiv o'quvchilar ham darsga qiziqmoqda...' Xudaynaz | Krepeduz qahramonlari

"Hatto passiv o'quvchilar ham darsga qiziqmoqda..."

Xudaynazarova Jamila, Toshkent viloyati Bekobod shahar 6-umumiy o'rta taʼlim maktabi, 3-b sinf o'qituvchisi

Krepeduz Qahramoning bu galgi mehmoni Jamila ustozimiz, o'zining yangi metodlarni o'rganishga qiziquvchanligi va mehnatsevarligi bilan hurmat qozongan fidoyi pedagoglarimizdandir!

Buni biz ustozimizning kurs va ta'lim to'g'risidagi fikrlarodan ham bilib olsak bo'ladi:

"Men Toshkent viloyati, Bekobod shahar seminarida "Dunyo okeanlari" mavzusida ochiq dars o'tdim. Ushbu seminarda "6 ta shlyapa" va boshqa turli kreativ metodlardan foydalandim. Dars judayam qizg'in tarzda o'tdi.

Darsni qiziq va kreativ o'tishda turli xil metodlardan foydalanish lozim ekan!
Keyingi darslarimda ham mavzuga oid ma'lumotlardan foydalanib ushbu metodlarni qo'llamoqchiman.

Hozirgi o'quvchilar juda ham qiziquvchan, turli xil qiziqarli metodlar foydalanib darslarni ularning miyasiga singdirib borish mumkin. Bu orqali, hattoki "passiv" o'quvchilar ham darsga qiziqa boshlaydi va o'z fikrini bayon qila oladi.

Men Kreativ Pedagog kursi jarayonida 70 xil turdagi ajoyib metodlarni o'rgandim va ularni dars jarayonida qo'llab, zo'r natijalarga erishmoqchiman InshaAllah! Kursni tashkil etgan ustozlarimizga rahmat!"


@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!