Get Mystery Box with random crypto!

KELAJAK TAʼLIM TIZIMINI OʻZGARTIRA OLADIGAN 7 TA HAQIQAT: 5-h | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

KELAJAK TAʼLIM TIZIMINI OʻZGARTIRA OLADIGAN 7 TA HAQIQAT:

5-haqiqat. Qiziqish doimo oʻrganishdan oldin keladi.

Bilim olishni axborotni qabul qilib olish jarayoni sifatida koʻrishimiz mumkin, ammo, bu jarayon sodir boʻlishi uchun, avvalo, qiziqish paydo boʻlishi kerak. Qiziqish qiyinchiliklarni yengish uchun kuch beradi va bilim olish uchun ruhlantiradi.

Yangi bilimlarni egallash va eslab qolish uchun, bu bilim, avvalo, sizda qiziqish uygʻotishi kerak. Qiziqishsiz yoki eʼtiborsiz taqdim etilgan maʼlumotlarni qabul qilish qiyin boʻladi. Bu amaliy va foydali taʼlim olishning oʻquvchi uchun naqadar muhimligini isbotlaydi.

Bilim olish jarayoni davom etishi uchun, bilimlar doim oʻquvchi uchun ahamiyatli boʻlishi kerak. Har qanday zamonaviy ta’lim olish muhitida bilim olishga qiziqish asosiy va muhim oʻringa ega. Negaki, taʼlim tizimini rivojlantirish uchun ham shu jihat muhimdir.

@Krepeduz - Kreativ oʻqituvchilar kanali!