Get Mystery Box with random crypto!

KELAJAK TAʼLIM TIZIMINI OʻZGARTIRA OLADIGAN 7 TA HAQIQAT: 4-h | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

KELAJAK TAʼLIM TIZIMINI OʻZGARTIRA OLADIGAN 7 TA HAQIQAT:

4-haqiqat. Hamkorlik aloqa, muloqot va yakdillik jamlanmasidir.

Ishchi kuchi boʻlib shakllanayotgan zamonaviy oʻquvchilarning real va virtual hamkasblar bilan biror masala yuzasidan jamoa boʻlib ishlay olish koʻnikmasi bugungi kunda talab etiladigan eng muhim jihatlardan biridir. Biroq, bunda odamlarni tushunish va ular bilan dildan muloqot qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Samarali hamkorlik oʻz ichida 3 ta tushuncha: aloqa, muloqot va yakdillikni birlashtiradi. Odamlarni bir-biridan farqlab turadigan madaniyati, jinsi va eʼtiqodidan tashqari, ularning har biri o’ziga xos qadriyat, fikr va axloqqa ega.

Jamoadagi har bir aʼzoning loyihani rivojlantira oladigan va eʼtibor qaratilishi kerak boʻlgan oʻz nuqtayi nazari va fikri boʻladi. Oʻz fikrlarini ifoda eta olamaydigan aʼzolar jamoaning qolgan aʼzolarining koʻmagiga muhtoj boʻlishadi. Axir gʻoya qanchalik zoʻr boʻlmasin, hamma ham fikrlarini oson bayon qila olmaydi.

Shu sababli siz oʻz sinfingizda hamkorlikni yoʻlga qoʻyishingiz va oʻquvchilaringizda yakdillikda ishlash koʻnikmalarini shaklllantirish orqali sinf muvaffaqiyatini ta'minlashingga oʻz hissangizni qoʻshishingiz mumkin.

@Krepeduz - Kreativ oʻqituvchilar kanali!