Get Mystery Box with random crypto!

KELAJAK TAʼLIM TIZIMINI OʻZGARTIRA OLADIGAN 7 TA HAQIQAT: 3-h | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

KELAJAK TAʼLIM TIZIMINI OʻZGARTIRA OLADIGAN 7 TA HAQIQAT:

3-haqiqat. Maslahat berishda eng muhimi uning foydali boʻlishidir.

Oʻqituvchi sifatida, siz aytgan soʻzlar va bu bilan ifodalamoqchi boʻlgan maqsadingiz oʻquvchining hayotini oʻzgartirib yuboradigan darajada katta kuchga ega.

Taʼlim tizimini oʻzgartira oladigan foydali maslahatlarning 5 ta noyob xususiyati quyidagilardir:

Kerakli vaqtda. Samarasi koʻproq boʻlishi uchun oʻrganish mobaynida tez-tez va batafsil fikrimizni bildirishimiz kerak.

Oʻrinli va taʼsirga ega. U oʻquvchining qobiliyati, yetukligi va yoshiga mos boʻlishi kerak. Bundan tashqari, ular berilgan maslahat mohiyatini toʻliq tushunishlari kerak.

Xolis va qoʻllab-quvvatlovchi. Maqsadimiz doimo xolis va qoʻllab-quvvatlovchi maslahatlar berishdir. Bunday maslahatlar oʻquvchini yanada koʻproq bilim olishga undaydi.

Taʼlimga qaratilgan. Har qanday maslahat doimo ish maqsadiga bogʻliq boʻlishi kerak. Ijodiy erkinlik berish bilan birgalikda, oʻquvchi va oʻqituvchi birga erishmoqchi boʻlgan aniq taʼlim maqsadlarni belgilab olish kerak.

Chuqur bilim olishga yordam beradi. Oʻquvchilar biz bergan maslahatlarning qay biri ularga foydali boʻlishini ajrata olishi kerak. Bundan tashqari, oʻquvchilar tengdoshlaridan kerakli maslahatlar olishi mumkin.

Ularning imkoniyatlarini ijobiy baholovchi maslahatlar oʻquvchilarni yanada koʻproq harakat qilishga undaydi. Shuningdek, bu ularning oʻziga boʻlgan ishonchini oshirib, yanada yuqoriroq natijalarga erishishiga sababchi boʻladi.

@Krepeduz - Kreativ oʻqituvchilar kanali!