Get Mystery Box with random crypto!

KELAJAK TAʼLIM TIZIMINI OʻZGARTIRA OLADIGAN 7 TA HAQIQAT: 2-h | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

KELAJAK TAʼLIM TIZIMINI OʻZGARTIRA OLADIGAN 7 TA HAQIQAT:

2-haqiqat. Asosiysi kechagidan-da yaxshiroq inson boʻling va buni oʻquvchilarga oʻrnak qilib koʻrsating.

Nega odatda oʻqituvchilardan mukammallikni kutishadi? Chunki, ular maktab bolalarining kelajakda muvaffaqqiyatli insonlardan biri boʻlishida muhim ahamiyatga egadirlar va bu oʻqituvchilardan juda katta masʼuliyat talab qiladi.

Ota-onalardan tortib jamiyatning boshqa aʼzolarigacha barchaning eʼtibori oʻqituvchilarga qaratilgan. Shunga qaramasdan, taʼlimni rivojlantirish uchun mukammal inson boʻlishingiz shart emas. Shunchaki kechagidanda yaxshiroq boʻlishga intilishingiz kerak.

Kim nima deyishidan qatʼiy nazar, hech birimiz mukammal boʻla olmaymiz. Bizning qoʻlimizdan keladigani har bir yangi kun boshlanishi bilan oʻzimizdan: “Qanday qilib kechagidan koʻra yaxshiroq boʻla olaman?"–deb soʻrashdir.

@Krepeduz - Kreativ oʻqituvchilar kanali!