Get Mystery Box with random crypto!

Imtihonga samarali tayyorlanish uchun muhim bo'lgan 12 ta qoid | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

Imtihonga samarali tayyorlanish uchun muhim bo'lgan 12 ta qoida

1. Nonushta va “miya uchun ozuqa”

Tananing toʻgʻri faoliyat yuritishi uchun quvvat talab etiladi. Miyaning diqqatni jamlay olish qobiliyati esa aynan glyukoza koʻrinishidagi barqaror quvvat manbasiga bogʻliqdir. Shu sababli hech qachon nonushta qilishni unutmang!

2. Hammasini barvaqt boshlang

Tayyorgarlikni imtihonlarga oz qolganda emas, balki bir necha oy avval boshlashga harakat qiling. Shunda oʻzingizga boʻlgan ishonch ham ortadi.

3. Aynan nimaga diqqat qaratishni aniqlab oling

Siz aynan qanday turdagi imtihonga tayyorgarlik koʻryapsiz? Yozma, ogʻzaki yoki test koʻrinishida? Shunga qarab harakatlaning!

4. Reja tuzib oling

Aksariyat oʻquvchilar uchun rejaga qatʼiy amal qilish qiyin kechishi mumkin, ammo bu vaqtni sezilarli tejashga yordam beradi. Reja tuzib olsangiz, bir darsdan keyin qaysinisini boshlashga bosh qotirib, bir daqiqa ham vaqtni behuda sarflamaysiz.

5. Tanaffus - eng yaxshi yordamchingiz

Takrorlash - bilimlarning onasi, degan gap bor. Biroq oʻrganilgan darsni shu zahoti qayta takrorlashga urinmang. Tadqiqotlar dars va takrorlash oʻrtasida maʼlum tanaffus olinishi lozimligini koʻrsatadi.

6. Oʻzingizni doimiy sinab boring

Oʻrganilganlar boʻyicha oʻzini savolga tutish mavzuni chuqurroq va aniqroq anglashga yordam beradi.
Imtihondan oldin oʻzingizni sinov testlarida bir necha bor sinab koʻring va zaif nuqtalaringizni aniqlashga harakat qiling.

... davomi keyingi sonda

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!