Get Mystery Box with random crypto!

'Kreativ Pedagog' loyihasida yangi kanal! Qadirli ustozlar, | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

"Kreativ Pedagog" loyihasida yangi kanal!

Qadirli ustozlar, sizga ma'lumki "Kreativ Pedagog" loyihasi mahoratli, kreativ va o'zini rivojlantirishda davom etayotgan ustozlarni #Krepeduz_qahramoni rukni ostida e'tirof qilib kelmoqda.

Endi esa ushbu yangi "Krepeduz qahramoni" kanali loyihaning bir qismi sifatida o'z faoliyati olib boradi. Bunda vatanimizning kreativ fikrlaydigan, mahoratli va o'z sohasiga yangicha yondoshadigan ustozlarimizning ya'ni qahramonlarimizning faoliyatlarini yoritib boramiz

Bundan asosiy maqsad esa "Kreativ Pedagog" kursi orqali ta'lim sohasining haqiqiy jonkuyar qahramonlarini ommaga tanishtirishdan, boshqa o'qituvchilarga o'rnak tariqasida ko'rsatishdan iborat.

"Kreativ pedagog" loyihasi ta'lim sifatini oshirish hamda jahon standartlari darajasiga olib chiqish uchun Kreativ ustozlarni kashf etishda davom etadi!

@Krepeduz_qahramoni - kanalimizni kuzatib boring. Kursdan natija olgan haqiqiy ta'lim qahramonlarini birgalikda kashf etamiz