Get Mystery Box with random crypto!

#mulohaza Nechta do'stim bo'lishi kerak? ... davomi Boy | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

#mulohaza

Nechta do'stim bo'lishi kerak?

... davomi

Boyaqish boshqa doʻstlarini ham chaqirib, ancha-muncha odam yigʻibdi. Ular bir-birlarining yelkalariga mingancha, terlab-pishib yuqoriga intilishibdi… Biroq bu jonli havoza olmagacha yetib bormabdi, holdan toygan odamlarning oyoqlari ham toyibdi, hamma yerga gursillab tushibdi.

Bu ishlarni kuzatib turgan donishmand haligi kishini yoniga chaqiribdi va soʻrabdi:

– Odamga nechta haqiqiy doʻst kerakligini tushungandirsan?

– Ha, taqsir, tushundim, – debdi u lat yegan yelkasini uqalagancha. – Juda koʻp doʻst kerak ekan. Koʻpdan quyon qochib qutulmaydi. Har qanday muammoni koʻplashib hal qilish mumkin.

Donishmand afsus bilan bosh chayqabdi:

Toʻgʻri, doʻstlarning koʻp boʻlgani yaxshi. Lekin miyasiga nar­von olib kelish fikri keladigan bittagina farosatli doʻsting boʻlsa, undan-da yaxshi.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!