Get Mystery Box with random crypto!

#Krepeduz_qahramoni O'quvchilar xotiralarini 'Xotira mashq | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

#Krepeduz_qahramoni

O'quvchilar xotiralarini "Xotira mashq"lari orqali mustahkamlashga erishdim

"Krepeduz qahramoni" ruknining bugungi son mehmoni Rahmonova Nazokat Abdurazzoqovna Xorazm viloyatida, matematika fan o'qituvchisi sifatida faoliyat olib boradilar! Ustozimiz kursni muvaffaqiyatli tugatgan va samaraga erishgan mahoratli pedagoglarimizdan biridir.

Keling ularning kurs haqidagi fikrlari bilan tanishamiz

"Kreativ Pedagog" kursiga qatnaganimdan afsusda emasman. Bu kursda men yanada shakllandim, o'zim uchun yangi g'oyalar, rejalar tuzishga erishdim.

Har darsimda qo'llaydigan metodlarim kreativlik bilan yanada darsimning samaraliroq bo'lishini ta'minladi. Bu kreativ metodlar yordamida orzulari osmon qadar ulug' bo'lgan o'quvchilarimning darsdagi faolliklari, e'tiborlarini yanada yaxshilashga, xotiralarini "Xotira mashq" lari orqali mustahkamlashga erishdim.

Boshqa tengqurlaridan farqli bo'lgan, juda faol bo'lmagan "yalqov" o'quvchilarimda esa kursda o'rganganlarim asosida turli motivatsiyalar berib fanimga, maktabga bo'lgan muhabbat tuyg'ularini shakllantira oldim.

Darslarimda "G'ijimlangan qog'oz", "Suhbat", "Kaizen", "Do'stingni top", "Aloqa", "Zeygarnik effekti" va shu kabi bir nechta metodlarni qo'lladim va samarali natijaga erishdim desam, xato qilmagan bo'laman. Darsdan tashqari tadbirlarimda ham "Paretto", "Sir", "Zakovat","Smartkid puzzle" kabi metodlar menga yordamchi bo'ldi va ilhomlantira oldi."

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!