Get Mystery Box with random crypto!

#Krepeduz_qahramoni O'yin orqali darslarni o'zlashtirib ol | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

#Krepeduz_qahramoni

O'yin orqali darslarni o'zlashtirib olishganini o'zlari ham sezmay qolishyapti...

Dadaboyeva Guljaxon
Andijon viloyati, Buloqboshi tumani 11-sanatoriya maktab internatida boshlang'ich sinf o'qituvchisi
.

Bizning bugungi qahramonimiz, Dadaboyeva Guljaxon ustoz, o'zining ma'sulyatliligi va yangiliklarga qiziquvchanligi bilan ajralib turadigan, hamda aynan shu sifatalari bilan hali "Kreativ Pedagog" kursini tugatmasdanoq natijaga erishgan pedagoglarimizdandir.

Ustozimiz kursda o'qishidan avval dars jarayonida yuzaga keladigan muammolarini quyidagi tasvirlaydi: "Sinfimda diqqati tarqoq o'quvchilarim bor edi. Shu o'quvchilarimni diqqatini jamlash uchun ko'p usullardan foydalandim, ammo, bir oz muddatdan so'ng yana o'z hayolot olamida o'tirardi, buni kuzatib nima qilishimni bilmay qolardim"

Keling ularning keyingi fikrlari bilan batafsil tanishamiz:

So'ngra "Kreativ Pedagog" kursda o'rgangan turli metodlarni darslarimda qo'llay boshladim. Masalan: "Paretto qonuni" , "Aftofokus" metodilari va darsni faollashtiruvchi o'yinlardan foydalana boshladim. "Sir" o'yinini o'ynadik. Mavzuga oid elementlarni xonaning turli joylariga yashirib qo'ydim. Undan oldin o'tilgan mavzu yuzasidan savol javob o'tkazib, javob bergan o'quvchilarni shu yashirilgan elementlarni topib bugungi yangi mavzuni ochib berishdi. Natijalar esa men kutganimdan ham a'lo darajada bo'ldi!

O'quvchilarim yana o'ynaymizmi deb so'rashadi. O'yin orqali darslarni o'zlashtirib olishganini o'zlari ham sezmay qolishyapti. Haqiqatda qiziqarli dars barchaga birdek yoqar ekan. Bu guruhda o'rganganlarim menga o'z samarasini hali kursni tugatmasimdanoq bermoqda, sizlarga kattakon rahmat"

Biz ham yana bir ustozimizning "Kreativ Pedagog"lar safiga qo'shilganidan judayam xursandmiz! Ustozimizning kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab, yanada yuksalishlariga tilakdoshmiz!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!