Get Mystery Box with random crypto!

#Krepeduz_qahramoni Baxtiyorova Fotima Yo'ldoshevna 'Kreati | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

#Krepeduz_qahramoni

Baxtiyorova Fotima Yo'ldoshevna "Kreativ Pedagog" onlayn kursining 29-guruh bitiruvchisi.

Bizning bugungi qahramonimiz yosh bo'lishiga qaramasdan hamkasblari orasida alohida hurmatga sazovor o'z kasbining fidoyi insonlaridandir. Keling ustozimizning ta'lim sohasidagi fikrlari bilan tanishamiz!

Meni nazdimda Bugungi kun o'qituvchisi yetuk ilmli, bilimiga ishongan, o'z ilmini ilm talabidagi o'quvchilarning ongiga mustahkam ravishda singdirishdek ulkan vazifani amalga oshiruvchi, jamiyat kelajagini o'zi ta'lim berayotgan o'quvchilari bilan yaratguvchi bunyodkordir. Shunday ulkan, sharafli kasb egasi ekanmiz, biz o'qituvchilar obro'-e'tiborini jamiyatimizdagi o'qituvchilar nufuzini birgalikda, hamjihatlikda amalgan oshiramiz. Buning uchun bizga "Yetuk bilim va Ulkan mahorat" zarurdir.

Biz o'qituvchilarga shunday ulkan vazifani ado etish uchun "Kreativ Pedagog" onlayn kursida tashkil etilgan dunyo tan olgan, rivojlangan mamlakatlarning ta'lim sohalarida keng qo'llanib kelayotgan turli dars o'tish metodlari yordam beradi.
Men O'zbekistonning har o'qituvchisi "Kreativ Pedagog" kursida tahsil olishini xohlar edim. Chunki o'qituvchi naqadar bilimli bo'lmasin, unda bilimni yetkazib berish metodikasi bo'lmasa, uning ish faoliyatida hech qanday samara bo'lmaydi. Shunday ekan men barcha o'qituvchilarga o'z sohalarida rivojlanishi uchun yordam beruvchi "Kreativ Pedagog" onlayn kursida tahsil olishlarini tavsiya bergan bo'lardim.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!