Get Mystery Box with random crypto!

www.depozit.uz moliyaviy platformasi orqali kredit tarixi ma'l | KATM

www.depozit.uz moliyaviy platformasi orqali kredit tarixi ma'lumotlarini olish imkoniyati yoʻlga qoʻyildi

"Kredit-axborot tahliliy markazi" kredit byurosi www.depozit.uz (“Neo Banking” MChJ) bilan respublikamizda mikromoliyalashtirish sohasini yanada rivojlantirish, masofadan turib xizmat koʻrsatish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida hamkorlikni yoʻlga qoʻydi.

Endilikda, jismoniy shaxslar www.depozit.uz moliyaviy platformasining “Kreditlarni tanlash” boʻlimi orqali bank-moliya xizmatlarini oʻrganishda Kredit byurosidan kredit tarixi va skoring ballni olish imkoniyatiga ega boʻldilar. Bunda jismoniy shaxslar oʻzining kredit tarixi, daromadlar tarixi va boshqa ma'lumotlar asosida banklarda kreditni tasdiqlash ehtimolini bir joyda masofadan tekshirishi, oʻzining kredit tarixini kuzatishi, banklarda kreditni tasdiqlashni rad etilishining ehtimoliy sabablarini tahlil qilishi mumkin.

Сайт | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube