Get Mystery Box with random crypto!

ACIPE a'zolari vakillarining uchrashuvi 2022-yilning 27-may s | KATM

ACIPE a'zolari vakillarining uchrashuvi

2022-yilning 27-may sanasida “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosida “Yevroosiyo mamlakatlari kredit axborotlarini yetkazib beruvchilar Assotsiatsiyasi” (ACIPE) aʼzolari vakillarining davra suhbati boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirgʻiziston, Moldova, Tojikiston, Gruziya va Ukraina kredit byurolari vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbati ishtirokchilari quyidagi mavzularda o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar va atroflicha muhokama qildilar:

- a'zo mamlakatlarda kredit axboroti almashinuvi boʻyicha qonun hujjatlaridagi soʻnggi oʻzgarishlar;

- shaxsiy ma'lumotlarni boshqarishda kutilayotgan oʻzgarishlar, axborot xavfsizligi talablari;

- davlat organlari bilan samarali hamkorlik qilish masalalari;

- loyihalarni boshqarishga yondashuvlar, tadqiqot masalalari va rivojlanish istiqbollari.

Сайт | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube