Get Mystery Box with random crypto!

Xalqaro Plas forum - 2022 Joriy yilning 25-26 may kunlari Tos | KATM

Xalqaro Plas forum - 2022

Joriy yilning 25-26 may kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ko‘magida “Banklar va riteyl. Raqamli transformatsiya va oʻzaro hamkorlik” mavzusidagi xalqaro PLAS forumida boʻlib oʻtdi va unda dunyoning 50 ta davlatidan 1600 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etdi. Bu forum bozor ishtirokchilari: fintex, bank va riteyl bo‘yicha professional ekspertlar o‘rtasida biznes aloqalari uchun samarali platformaga aylandi.

Plas-forumda ishtirokchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi, innovatsion mahsulotlar taqdim etildi, bank va riteyl o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tadbirda turli mamlakatlarning yetakchi to‘lov kompaniyalari, xalqaro xususiy tashkilotlar ishtirokida innovatsion texnologiyalarning maxsus ko‘rgazmasi tashkil etilib, o‘z innovatsion mahsulotlari namoyish etildi.

Plas forumning ikkinchi kunida “Moliya sohasida raqamli transformatsiya. Kredit byurolar qarashlari” mavzusida boʻlib oʻtgan yigʻilishda “Yevroosiyo mamlakatlari kredit axborotlarini yetkazib beruvchilar Assotsiatsiyasi” (ACIPE) aʼzolari boʻlgan Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova va Tojikiston kredit byurolari rahbarlari ishtirok etdi.

Jumladan, davra suhbati ishtirokchilari o‘z mamlakatlarida so‘nggi yillarda moliya sohasidagi o‘zgarishlar, bozorga kirib kelgan yangi tashkilotlar, ushbu tashkilotlar faoliyatini tartibga solishdagi o‘zgarishlar haqida fikr almashdi. Chakana savdoni kreditlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va mikromoliyalashtirish masalalari muhokama qilindi. Kredit bozorlarida paydo boʻlgan yangi biznes modellari, onlayn kreditlash, kredit subyektlarini identifikatsiya qilish, jumladan, masofaviy identifikatsiya qilish talablari boʻyicha maʼlumotlar almashildi.

Bundan tashqari, uchrashuvda kredit byurolari va bozor ishtirokchilari faoliyatiga oid qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartishlar, jumladan, jismoniy shaxslarning bankrotligi, bankrot deb topilgan shaxslarga kredit berishni cheklash, ularni moliyaviy oʻzini tiklash mexanizmlari va ushbu jarayonlarda kredit axborotining ahamiyati atroflicha muhokama qilindi.

Shu bilan birga, davra suhbati ishtirokchilari kredit ma’lumotlari iste’molchilarining talab va istaklaridagi so‘nggi tendensiyalarni inobatga olgan holda, yangi mahsulotlar, skoring turlari va texnologiyalar orqali kredit byurolardagi o‘zgarishlar xususida fikr-mulohazalar almashdi.

Сайт | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube