Get Mystery Box with random crypto!

​​Corning kompaniyasi o‘zining yangi avlod toblangan shishasin | Krᴇᴀᴛiv

​​Corning kompaniyasi o‘zining yangi avlod toblangan shishasini namoyish qildi.

Yangi mahsulot ushbu turkumning eng mustahkam vakili bo‘ldi. Corning kompaniyasi ta’kidlashicha, mazkur shisha nafaqat zarbaga, balki tirnashga ham chidamli.
Shishi esa Gorilla Glass Victus nomi bilan namoish etildi.
Victus shishasi smartfon 2 metrlik balandlikdan ham tushib ketganida uni sinmasligini ta'minlaydi. Shu bilan birga, Corning vakillari tushib ketish har xil bo‘lishini yaxshi anglashadi (masalan, biror qattiq jism burchagiga ekran bitta nuqtasi bilan urilishi mumkin). Shu boisdan yangi shishaning mustahkamligi borasida yuz foizlik kafolat berishmayapti.
"Cho‘ntakda smartfon bilan birga kalit, tanga yoki boshqa metall buyum bo‘lsa, Victus tirnalmasligi imkonsiz. Lekin baribir tirnalish ehtimoli kuchli pasaygan" - deydi Kompaniya vitse-prezidenti Jeymin Amin.

Kanal:
https://t.me/joinchat/AAAAAFQey_8AIqTTjUrdwg