Get Mystery Box with random crypto!

* * * Erta tongdan xabar keldi: -Maftunam, tushimga kiribsiz | Ko'zmunchoq

* * *

Erta tongdan xabar keldi:

-Maftunam, tushimga kiribsiz...

Entikib ketasan bunaqa vaqti... Bir bor ko'rishdik, lekin tez-tez xabarlashamiz. Kayfiyatim yomon bo'lsa ham, fe'lim aynib tursa ham bu qizga yomon gapirolmayman. "Maftunam" deb ko'nglimni oladi...

Yaxshi kayfiyat bilan tongimni boshlab, ishga yetib bordim. Yana xabar keldi:

-Maftunapa, sizi tushimda ko'ribman.
-Hech ko'rishmadikku, lekin o'ziz aytganday choy ichib gaplashib o'tiribmiz ekan...


Boshqacha bo'lib ketdim. Umrimda bir ko'rishmagan, xattoki xabarlashishimiz ham ba'zi-ba'zida. Ishlari ko'p, ishlarim bor. Haftada bir suhbat qurib turamiz. "Mening opam yo'q, menga opa bo'ling" deb hol-jonimga qo'ymagan qiz... Uzoqda bo'lsa ham yaxshiligidan ilinib turadi doim...
Ko'nglim buzilib ketdi. Ko'zlarimda yosh aylandi...

Allanechuk kayfiyat bilan ish hujjatlarimni tartiblayotsam, qo'ng'iroq bo'ldi... Opam...

-Singiljonim, hayolim senda... Tushimda ko'ribman...

Opam olisda-yu, ruhi bizda doim. Onam o'tganlaridan buyon, onamdek bo'lib havotirda yuradi. Avval qancha ko'p tortishgan bo'lsak, endi shuncha sog'inamiz bir-birimizni...

Negadir, hammani birdan bezovta qilgandek aybdorlik his qildim... Tunda, "Allohim, o'zingga tavakkal, yolg'izlatma" deya uyquga yotgandim, yolg'izlatmadi...

Hozir, kechagidan ko'ra yengilman... Kechagidek xafa emasman... Mushkulim bor, lekin kimga aytishni, kimdan so'rashni bilaman. Bilaman, u so'raganimdan ham yaxshirog'ini va xayrlirog'ini beradi...

Alhamdulillah! Alhamdulillah! Alhamdulillah!