Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum Munisaxon ustozim. Bergan vazifangizni men ke | SAODATIM

Assalomu alaykum Munisaxon ustozim. Bergan vazifangizni men kechroq bajardim. Aybga buyurmaysiz. Dadam bilan ozgina o'rtamizda hafagarchilik bor edi. Kechirim so'rashim biroz qiyin bo'ldi. Lekin alhamdulillah uddaladim. Shaytonni yengdim allohga shukur. Sizdan o'la o'lgunimcha minnatdorman ustozim. Ilm ulashishdan, ziyo tarqatishdan hecham charchamang. Alloh qilgan yaxshiliklaringizni dargohida qabul aylasin. Biram yengil tortdimki. Mendagi bu holatni tasavvur ham qila olmaysiz. Shu so'zlarni yozyapmanu ko'zlarimdan shashqator yoshlar oqib ketyapti Bebaho ne'matlarim yonginamda ekanku. Bilmaganimni qarang. So'qir ko'zlarimni ochganingiz uchun ming bor tashakkur. Alloh sizdan rozi bo'lsin. Sizni menga g'oyibona bo'lsa ham ro'para qilgan, yoqimli ovozingizni har kuni eshitishga muyassar etgan allohimga behisob hamd-u sanolar bo'lsin. KATTA RAHMAT! SIZNI ALLOH UCHUN YAXSHI KO'RAMAN!