Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum. Kursdoshlar va ustozimiz Munisa opa. Sizdan | SAODATIM

Assalomu alaykum. Kursdoshlar va ustozimiz Munisa opa. Sizdan Alloh rozi bo‘lsin ilmlariz bizga ham yuqsin. Ilmga amal qiladigan sizga o‘xshab ilm olib tarqatadiganlardan qilsin Robbimiz.
Bugun onajonim yagonamni yo‘qlab keldim rosti pulim yo‘q edi qo‘limda 50minggina pulim bor edi. Ziragizni sotib bo‘lsa ham boring kerakmi shu zirak sizga deganizdan tasirlanib Alloh roziligi va onamning roziligi uchun ziragimni sotib bozordan oyimga yoqadiganlaridan olib bordim onam rosa duo qildilar xursand bo‘ldilar kechirim so‘rab keldim onamdan..
Rosa yengil bo‘ldim. Bizni shunga davat etganiz uchun sababchi bo‘lganiz uchun Mehribonim Allohim sizni niyatlarizga yetkassin. Axir meni yolg‘izgina onam borku otasizligimizni bildirmasdan 9 qizni kotta qilgan o‘qitgan uzatgan uyli joyli qilgan onam uchun hech narsa qilolmaganimni angladim. Bir orzuyimiz onamni Umraga jo‘natish in sha Allah duo qiling onam ham Umraga borsinlar. Sizdan juda minnaddorman Allohim jannatiga hisob kitobsiz savol javobsiz kirgizsin sizni