Get Mystery Box with random crypto!

Emizikli onalar taomnomasi qanday boʻlishi kerak? Emizikli ona | 🏥Turon Tibbiyot

Emizikli onalar taomnomasi qanday boʻlishi kerak? Emizikli onalar parhez qilishlari shartmi?
Bolaga ham onaga ham yaxshi boʻlishi uchun qanday mahsulotlarni isteʼmol qilgan maʼqul?

Emizikli onalar ham oʻzlariga ham bolaga foydali boʻlgan mahsulotlarni taomnomasiga kiritish kerak. Emizikli ona oz ozdan, tez tez, vitaminlarga boy boʻlgan mahsulotlardan tayyorlangan taomlarni isteʼmol qilishi kerak. Ona ratsionida quydagi mahsulotlar albatta boʻlishi kerak:
sabzavot va mevalar. Mevalar yangi uzulgan, sabzavotlar esa pishirilmagan boʻlgani maʼqul. Shunda ularda vitamin va minerallar toʻla holicha saqlangan boʻladi.
baliq va go‘sht mahsulotlari kabi oqsilga boy mahsulotlar
pishloq (oʻsayotgan organizm uchun kerakli boʻlgan kaltsiy va fosforga boy)
ko‘proq suyuqlik ichish. Suyuqlik meyori sutkasiga 2-2,5 litr bo‘lishi va uning deyarli yarmini sut va sut mahsulotlari tashkil etishi lozim. Gazlangan suv va turli ichimliklardan voz
kechib, tabiiy va yangi siqib chiqarilgan sharbatlarni iste’mol qilgan ma’qul.

Emizikli bolasi bor ona quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilmasligi maqsadga muvofiq boʻladi:

Yangi uzilgan bodring, kvas (kvasli yaxna sho‘rva, ya’ni okroshka), poliz mahsulotlari (qovun, tarvuz) – bularning barchasi chaqaloqning qornini og‘ritishi, ichak ish faoliyatining buzilishiga olib kelishi mumkin.
yorqin ranglardagi meva va sabzavotlarni (qizil olma, apelsin, shaftoli, o‘rik, lavlagi, sabzi, pomidor, malina, qulupnay) ehtiyotlik bilan iste’mol qilinishi kerak. Ushbu shirin mahsulotlar chaqaloqda allergiya qo‘zg‘ashi mumkin.
Sutni iste’mol qilishdan oldin uni albatta pishirish muhum, chunki u chaqaloqning qorni dam bo‘lishiga olib keladi. Bundan tashqari pishirilmagan sut ayniqsa yoz mavsumida o‘tkir ichak infeksiyasiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Sarimsoq, piyoz, selderey va turli ziravorlar ona sutiga yoqimsiz ta’m berishi mumkin, shu sababli ularni suiste’mol qilmagan maqul.
Alkogol va tamaki ona sutiga taxir ta’m beradi. Buning ustiga ularning tarkibidagi moddalar bolaning rivojlanishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, chunki ular bola organizmiga tushadigan kislorodni yopib qo‘yadi.

@pediatriya_Vop