2022-05-13 05:38:58
Sakkizinchi qavatda osilib qolgan qizchani qutqarib qolgan erkak va uning sherigiga poytaxtdan uy sovg‘a qilindi
Kecha, 11-may kuni Nur-Sultonda yashovchi 37 yoshli Sabit Shontakbayevning 8-qavatda osilib qolgan 3 yoshli qizchani qutqarib qolgani videosi tarqalgan edi.
Bugun unga ko‘rsatgan qahramonligi uchun “Төтенше жағдайдағы ерлігі үшін” ko‘krak nishoni topshirildi. Shuningdek, u shahr hokimi Altay Kulginov bilan uchrashgan va mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylab qo‘yish, oilasini poytaxtga olib kelishda ko‘mak ko‘rsatish va’dalarini olgan.
Xayriya tashkilotlaridan biri qurilish kompaniyasi bilan birgalikda Sabit Shontakbayevga poytaxtdan 3 xonali uy sovg‘a qildi.
Homiylardan biri esa Sabitning bank kreditlarini to‘lab, uning farzandlarini yozgi lagerlarga taklif qilgan.
Hatto, o‘sha kungi voqeada Sabitning oyoqlaridan tutib turgani uchun uning sherigi Sagi Jilkishiyevga ham homiylar tomonidan 2 xonali uy sovg‘a qilindi.
Бизга қўшилинг
➥ @Kosonsoyliklar_Live
https://t.me/+bDoQ98ZsfjU0ZTdi
60 views02:38