Get Mystery Box with random crypto!

Kosonsoy tuman adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi tomoni | Kosonsoyliklar uz | Rasmiy

Kosonsoy tuman adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2024 yil 12 mart kuni tumanidagi “Namuna” MFYda mahalla ettiligi uchun davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha taqdimot (prezentasiya) oʻtkazildi.

Taqdimotda maxalla ettiligi ishtirokida oʻtkazilib, unda davlat xizmatlari markazining vazifa va funksiyalariga oid ma'lumotlar, joriy etilgan davlat xizmatlarining yagona reglamenti yuzasidan qisqacha tushuntirishlar berildi.
Mahallalarda koʻrsatilishi koʻzda tutilgan 15 turdagi davlat xizmatlari va mobil ID tizim xaqida batafsil ma'lumotlar koʻrgazmali vositalar yordamida tajriba tariqasida koʻrsatib berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil yil 21 dekabrdagi PF-209-son Farmonining 7-bandiga asosan 2024 yil 1 yanvardan boshlab mahalla idoralari orqali koʻrsatilgan davlat xizmatlari uchun undirilgan yigʻimning 10 foizi yangi joriy etilgan maxalla byudjetiga yoʻnaltirilishi misollar asosida tushuntirib berildi.

@KOSONSOYLIK_UZ