Get Mystery Box with random crypto!

Yer osti boyliklaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq hol | Kosonsoyliklar uz | Rasmiy

Yer osti boyliklaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq holatlarni fosh etishga qaratilgan ekologik nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, Namangan viloyat prokuraturasining Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimi tomonidan hududlarda yer osti boyliklarini qazib olinishini qonuniyligi yuzasidan olib borilgan oʻrganishda, bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Jumladan, Kosonsoy tumanidagi “F.A.” fermer xoʻjaligi mansabdorlari tomonidan foydali qazilmalarni (qum-shagʻal) noqonuniy qazib olinib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,1 mlrd. soʻm zarar yetkazilgan.

Shu kabi, tumandagi “G.I.” MCHJ  mansabdor shaxslari tomonidan esa, foydali qazilmalarni noqonuniy qazib olinishi natijasida 1,2 mlrd.soʻm zarar yetkazilgan.

Oʻrganish yakuniga koʻra, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 192¹¹-moddasi  (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish) va 229-moddasi (oʻzboshimchalik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

@KOSONSOYLIK_UZ