Get Mystery Box with random crypto!

Kosmosda

Telegram kanalining logotibi kosmosda — Kosmosda K
Telegram kanalining logotibi kosmosda — Kosmosda
Kanal manzili: @kosmosda
Toifalar: Iltimoslar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: O‘rnatilmagan
Obunachilar: 12
Kanalning ta’rifi

Erkin fikrlang. Kosmosdamiz!
"San'atkorga nosog'lom tamoyillarni yopishtirib yurmang. Unga istagan narsasini tasvirlashga erk berilgan."
Oskar Uayld
Aloqa uchun: @Kosmosga_murojaat_bot 📲

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-01-22 21:26:35 Xiyonat qilish eng yomon ish deysizmi? Undan ham yomoni bor. Xiyonat qilmagan insonni xiyonat qilgan deb o'ylash. Bu o'sha insonni shunchalik ezadiki,hatto qani edi xiyonat qilgan bo'lsam deydi. Xiyonat qilgan inson o'zini ayblaydi. Xiyonatda ayblangan esa…
48 views18:26
Ochish/sharhlash
2021-01-22 21:24:51 #playlist

Я сам будто себя наказал этим непониманием, е-е-е
Перестал себе тупо доверять и без устали жаловался на людей
Караван гаремел, и негодяй потешал себя баснями о воде
Но то были миражи, ты покаяние моё найди-ка меня скорей
Пустынями верными я кочевал, да песок глотал следы
И не надо быть тут пророком, чтобы понимать суету беды
Сам приволок эти пули чё мыслями выстрелами судьбы
Убивали во мне этого бога, чё по сути был поводырь

P.s: shu qo'shiqni eshitmagan bu dunyoda yashamadim deb hisoblasin .

@kosmosda
43 views18:24
Ochish/sharhlash
2021-01-22 21:19:35 Xiyonat qilish eng yomon ish deysizmi? Undan ham yomoni bor. Xiyonat qilmagan insonni xiyonat qilgan deb o'ylash. Bu o'sha insonni shunchalik ezadiki,hatto qani edi xiyonat qilgan bo'lsam deydi. Xiyonat qilgan inson o'zini ayblaydi. Xiyonatda ayblangan esa kimni-yu,nimani ayblashni bilmay joni halak bo'ladi. Bir vaqtning o'zida aybdorga bo'lgan ishonchning o'lishi tufayli o'zi ham sekin-sekin o'la boshlaydi. Xuddi zaharlandek. Oldiniga xurujlar biroz sekinroq. Keyinchalik shunchalik kuchayadiki,o'ziga o'lim tilash eng yaxshi bo'lib ko'rinaveradi. Chunki ishonch bilan birga barcha o'ylari,aytgan gaplari,rejalari,harakatlari bir pulga aylanadi. Balki bir umrlik orzular ham o'lar. Og'u bu. Faqat qalb og'usi. Tana yashashda davom etaveradi. Qalb esa jon taslim qilmoqda. Uni ushlab turgan narsa kichkina,ushoqdek umid. Shuncha o'tgan vaqt ko'z oldiga keladi odamning. Bu esa battar qayg'usini orttiradi. Ammo shu bilan birga kichkina umid ham taqdim etadi. Axir bular tush emas edi. Axir bular rost edi. Bitta yaxshi inson aytgan gap esga kelaveradi shunda: "yaxshi kishilar bilan yaxshi ishlar sodir bo'ladi".
Og'u bu. Shunda MiyaGini eshitging keladi. Minor. Qor,sovuq havo,sovuq yurak va sovuq musiqa. Bir tarafdan mazoxistik bo'lgan bu fikrlar insonga yoqimlidek tuyiladi. Yoqimli? Ana shunda anglab yetasan haqiqatni: sen insonsan. Shunda ahvolingdan xorg'in kulasanda,ahmoqona savol berasan: "maydalanayotgan 65 kg go'shtdan qanaqa kabob qilisharkan? Qiymami yoki go'sht?

@kosmosda
37 viewsedited  18:19
Ochish/sharhlash
2021-01-22 21:00:28 Insonni sevishadi,yoqtirishadi,mazax qilishadi,tanqid qilishadi. Hatto nafratlanishga arzitishmadimi? Demak nimadir bor...
32 views18:00
Ochish/sharhlash
2021-01-22 20:41:35 #feelings

Kabobchilar go'shtni maydalaydiku. Xuddi o'sha go'shtday his qilyapman o'zimni. 65 kiloli go'sht.
34 viewsedited  17:41
Ochish/sharhlash
2021-01-22 09:30:06 #hayotiy

Bazi insonlarim bor. Ularning ko'ziga,xatti-harakatlariga qaramasdan ishonaman ularga. Yurak instinkti orqali. Shunchaki ishonaman.

@kosmosda
34 views06:30
Ochish/sharhlash
2021-01-21 11:12:13 #hayotiy

Bazida hayoting izidan chiqib ketadi. Ammo buni o'zing sezmaysan. Senga hammasi yaxshi bo'lib tuyuladi. Aslidachi? Yaxshilab o'ylab ko'rsang javobni topa olasan. Javob qidirish uchun kimningdir turtkisiham sabab bo'lishi mumkin. Kimdir senga oyna tutadi. Tasvirga qarab qo'rqib ketasan va miyyang seni himoya qilish uchun turli illyuziyalarni o'ylab topa boshlaydi. Bu miyyangning seni himoya qilish uchun qilgan harakati. Ammo senga oyna tutgan inson ham yomonlikni ravo ko'rmaydi(axir u sening eng yaqin odamning). Oyna tutganlarni qo'yib yuborma. Bazi hollarda aql emas yurak senga yordam beradi. Toza yurak. Sening va oyna tutganning toza yuragi.

@kosmosda
36 viewsedited  08:12
Ochish/sharhlash
2021-01-21 11:06:18 Kimdirlar motivatsiya olish samarasiz ,chunki bu qaysidir vaqt oralig'ida ta'sir kuchini saqlovchi trigger deb hisoblaydi. O'zim ham shundey deb o'ylar edim.
Lekin qachondir barbir kir bo'lamiz deb yuvinmay yurmaymizku. Bu ham shu hisobda, motivatsiya qolmaganda uni yana izlash va topish, tanani yana entuziazmga to'ldirish kerakligidan dalolatdir.
30 views08:06
Ochish/sharhlash
2021-01-21 06:19:37 Uyga kelsam "ata telli(aka keldi)",tashqariga chiqsam "ata tetti,air(aka ketdi,xayr)" deydigan odam borligi yaxshi)
32 views03:19
Ochish/sharhlash
2021-01-20 21:41:54 #hayotiy

Shunday vaqtlar bo'ladiki kimnidir sog'inasan. Lekin o'ziga ayta olmaysan. Bunga imkon bo'lmasligi mumkin. Sabr qilish kerak. Sog'indim...

@kosmosda
35 views18:41
Ochish/sharhlash