Get Mystery Box with random crypto!

Biz yana siz bilan birgamiz! Bahoriy kayfiyat uchun barchaga r | Korzinka | Biz bu kanaldan ko‘chdik

Biz yana siz bilan birgamiz! Bahoriy kayfiyat uchun barchaga rahmat!

Bugungi fotohisobotimiz o‘zgacha – chunki biz ko‘p yillik tajribamizni jo etgan, yangilangan Korzinka Abay supermarketimizni jonajon mehmonlarimizga taqdim etdik!

O‘zbekiston va Qozog‘iston faxrlari Abay Qo‘nonboyev va Abdulla Qodiriy nomidagi ko‘chalar kesishmasida joylashgan supermarketimiz ikki qardosh xalq orasidagi asrlararo do‘stlikni ham ifodalaydi. Bugun yonimizda bo‘lgan Qozog‘iston Respublikasi elchixonasi vakillariga samimiy tashakkurimizni izhor etamiz!

Shuningdek, 10 yildan buyon ahil qo‘shnimiz bo‘lib kelayotgan qadrdon mahalla ahliga ham minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Biz sizga #OdatdagidanYaqin bo‘lib borishda va avvalgi supermarketlarimizni yaxshilash, yangilashda davom etamiz. Korzinka Abay supermarketimizda esa aziz mehmonimiz sifatida kutamiz!

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abay va Abdulla Qodiriy koʻchalari chorrahasi

App | Telegram | Facebook | Instagram