Get Mystery Box with random crypto!

korzinka.uzb

Telegram kanalining logotibi korzinkauzb — korzinka.uzb K
Telegram kanalining logotibi korzinkauzb — korzinka.uzb
Kanal manzili: @korzinkauzb
Toifalar: Oziq-ovqat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 38.03K
Kanalning ta’rifi

Канал на русском: @korzinkauz
Katalog: www.krzn.uz/katalog
Yangiliklar: @korzinkanews
Ilova: www.krzn.uz/app
IG: www.krzn.uz/insta
Aloqa: @korzinka_uzbot
781401414
Yetkazuv: @korzinkaGO

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 11

2023-04-03 16:00:50
Aksiya ishtirokchisiga aylaning va 100 000 000 yutib oling!

Do‘stlar, bizning shirin aksiyamiz tobora avjiga chiqib boryapti Siz ham ishtirok eting, axir bu bir-biridan qimmatli sovrinlar sohibi bo‘lishingiz uchun ajoyib imkon. 50 000 so‘m yoki undan ko‘proq summaga "РотФронт", "Красный Октябрь", "Бабаевский" yoki EcoBotanica brendlaridan shirinlik xarid qiling, to‘lovda Korzinka kartasining elektron (mobil ilovada) yoki jismoniy shaklidan foydalaning.

Agar aksiya shartlarini bajargan bo‘lsangiz, ishtirokni tekshirish uchun saytimizga o‘ting . Buning uchun oferta joylangan maxsus oynada Korzinka kartangiz raqamini kiritishingiz zarur bo‘ladi.

Biz har hafta jonli efirda har biri 1 000 000 so‘m qiymatga ega 6 sertifikatni o‘ynaymiz. Asosiy g‘oliblarni esa 20 000 000, 50 000 000 va 100 000 000 so‘m qiymatdagi sovg‘a sertifikatlari kutmoqda.

22-aprel oxirigacha aksiya ishtirokchisiga aylanish mumkin.
Batafsil qoidalarni saytimizda o‘qing.

App | Telegram | Facebook | Insta | Web
4.3K views13:00
Ochish/sharhlash
2023-04-03 14:21:15
Korzinkalarimizda soqol olish uchun gel, ko‘pik va undan so‘ng suriladigan losyonlar super narxlarda!

Yuzingiz doim tabiiy sof va mayin bo‘lishi uchun muhim komponent – soqol olish geli yoki ko‘pigi, yoqimli bo‘lmagan ishni bir zumda ajoyib jarayonga aylantiradi Soqol olgach suriladigan losyon esa teringizni namlantirib, uni uzoq vaqt ishonchli himoyalaydi

O‘zingiz va tanangizga g‘amxo‘rlik uchun xilma-xil vositalarni izlab biz tomon kelavering!

Narxlar amal qilish muddati: 2023-yil 12-aprelgacha.

App | Telegram | Facebook | Insta | Web
5.2K views11:21
Ochish/sharhlash
2023-04-03 09:34:36
Qogʻoz cheklar chiqarilishini oʻchirib qoʻying, biz esa bu qanchalik yengil va oson ishlashini koʻrsatamiz

Yoʻriqnoma:

Korzinka mobil ilovamizning soʻnggi talqinini yuklab oling
Ilovani oching va "Koʻproq" boʻlimiga oʻting
"Qogʻoz chek chiqarish" bandini tanlang
Surilma tugmaga bosing
Suzib chiqqan oynada harakatingizni tasdiqlang

Soliq qoʻmitasi keshbeki bilan nima boʻladi?
Ilova orqali bank kartasi bilan toʻlovda chek toʻgʻrisida ma'lumot avtomatik ravishda siz keshbek oluvchi Soliq ilovasiga joʻnatiladi.
Naqd pul bilan toʻlovda elektron chekingizdagi fiskal kodni nusxalab, Soliq ilovasiga kiritishning oʻzi kifoya.

Qogʻoz cheklarni qaytarish uchun esa yuqoridagi harakatlarni takrorlang.

Korzinka mobil ilovamizni yuklab oling va sevinch bilan xarid qiling!

App | Telegram | Facebook | Insta | Web
6.0K viewsedited  06:34
Ochish/sharhlash
2023-04-03 01:43:01
03.04.2023

Saharlik vaqti – 04:43
Iftorlik vaqti – 18:52

#RamazonMuborak
6.8K views22:43
Ochish/sharhlash
2023-04-02 18:00:00
Mmm... Buni nimaligini bilasizmi? "Tut pekut с любовью by Bon" shirinliklari!

Korzinkalarimizga shoshiling! Sizni bir-biridan lazzatli "Bon" shirinliklari kutmoqda!

Ushbu mahsulotlar mavjud supermarketlarimiz:

Abay
Aviasozlar
Azimov
Ko‘hinur
Oybek
Qoratosh
Salom
Sergeli
TTZ
Turkmenskiy
Shahriston.

App | Telegram | Facebook | Insta | Web
850 views15:00
Ochish/sharhlash
2023-04-02 16:00:01
Shokoladni yoqtirasizmi? U holda shokoladli batoncha va konfetlarning keng tanlovini Korzinkalarimizda izlang

Har kundan maksimal darajada quvonch va yoqimli hislar olishning ishonchli yo‘li bor — yaqinlar davrasida lazzatli shirinliklardan bahra olish

Narxlar amal qilish muddati: 2023-yil 12-aprelgacha.

App | Telegram | Facebook | Insta | Web
3.0K views13:00
Ochish/sharhlash
2023-04-02 14:41:20
Tashqarida yomgʻir chelaklab quymoqda

Yana koʻproq yogʻsa, hatto koʻchalarda qayiqda suzib yurganlarni ham uchratish mumkin boʻladi

Sovuqda, yomgʻir ostida qolib ketmang. Korzinkada panalab oling

App | Telegram | Facebook | Insta | Web
3.8K viewsedited  11:41
Ochish/sharhlash
2023-04-02 14:01:47
“Объединенные кондитеры” bilan shirin aksiyamizning ilk g‘oliblarini kutib oling

Yashasin! Biz 23-martdan 29-martgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘tgan bosqichimizda omadi kulgan ishtirokchilarimizni e'lon qilishdan behad mamnunmiz, ularga 1 000 000 so‘mlik sovg‘a sertifikatlarimizni topshiramiz! Ishtirok uchun "РотФронт", "Красный Октябрь", "Бабаевский" va “Eco-botanica” brendlari shirinliklaridan 50 000 so‘mdan boshlab, Korzinka kartasi yoki mobil ilovadan foydalanib xarid qiling

G‘oliblar ismi va yutuqli kuponlar raqami:

Ismoilov Ravshan Ibragimovich, 799524;
Bajenova Natalya Vyacheslavovna, 800009;
Xudoyberdiyeva Tatyana Petrovna, 798928;
Halilov Umidjon Abdug‘aniyevich, 802919;
Rogozina Alla Gennadiyevna, 799396;
Nazarova Dilnoza Mo‘ydinovna, 792667.

Yutuqli o‘yinning jonli efiridan yozib olingan videoni YouTube’da tomosha qiling.
Ishtirok etish qoidalari haqida ma’lumotni
saytimizdan o‘qing.

Aksiya 22-aprelgacha davom etadi, ishtirokchilar safiga qo‘shilishga ulguring. Omad yor bo‘lsin!

App | Telegram | Facebook | Insta | Web
4.0K viewsedited  11:01
Ochish/sharhlash
2023-04-02 10:00:00
Ramazon — fazilatlari ko‘p, xayrli amallarining chek-chegarasi yo‘q muborak oy

Oylar sultoni — Ramazonni ezgu niyatlar ila kutib olgan barcha ushbu muborak oyda yuksak maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yadi. Kimdir bu oyni xayr-ehson va ezgu amallarga to‘ldirishni istasa, yana kimdir muqaddas Qur'oni Karimni to‘liq yod olishni ko‘ngliga tugadi, yana kimdir esa o‘zidagi xato va kamchiliklarni tuzatish, gina-fasod, xusumat kabi illatlardan o‘zini yiroq tutishga intiladi. Xayrli maqsadlaringizga erishish yo‘lida Ramazon kundaligi sizning ishonchli hamrohingiz va sodiq yo‘ldoshingizga aylanadi

Narxlar amal qilish mudati: 2023-yil 12-aprelgacha.

#RamazonMuborak

App | Telegram | Facebook | Insta | Web
5.1K views07:00
Ochish/sharhlash
2023-04-02 01:45:23
02.04.2023

Saharlik vaqti – 04:45
Iftorlik vaqti – 18:50

#RamazonMuborak
6.0K views22:45
Ochish/sharhlash