Get Mystery Box with random crypto!

22-aprel — Xalqaro Yer kuni Siz tabiatni asrash tomon qadamn | korzinka.uzb

22-aprel — Xalqaro Yer kuni Siz tabiatni asrash tomon qadamni qog‘oz chekdan voz kechib boshlashingiz mumkin!

Korzinka mobil ilovasidagi yangi funksiya — kassada qog‘oz chek chop etilishini o‘chirish imkoniyati haqida eslatib o‘tamiz Elektron cheklarga o‘tib, siz atrof-muhit muhofazasi uchun o‘z hissangizni qo‘shishni boshlaysiz. Buning uchun ilovani so‘nggi talqingacha yangilab olishingiz va ilova sozlamalarida “Qog‘oz chek chiqarish" surilma tugmasini bosishingiz kifoya

Sizning elektron chekingiz mobil ilovangizdagi Korzinka kartasi tarixida saqlanadi. U doim kaftingizda va ortiqcha qog‘oz isrof bo‘lmaydi, degani

Yangi funksiya xaridorning mobil ilovasidagi Korzinka kartasidan foydalanib amalga oshirilgan xaridlari uchun amal qiladi. Ulanish bo‘yicha batafsil — saytimizda.

Korzinka mobil ilovamizni yuklab oling va karta dasturimizga qo‘shiling!

O‘rmon va daraxtlarni asrang Sayyorani asrang Bir-biringizni asrang Sizning Korzinkangiz

App | Telegram | Facebook | Insta | Web