Get Mystery Box with random crypto!

Mana orziqib kutilgan Chevrolet Tracker 2 avtomobilini gʻolibg | korzinka.uzb

Mana orziqib kutilgan Chevrolet Tracker 2 avtomobilini gʻolibga topshirdik! Yoqimli va quvonchli onlarni siz azizlar bilan ham boʻlishamiz!

“VISA bilan mashina yutuqli oʻyini” aksiyasi doirasida gʻolibimizga sovrinni tantanali topshirdik 16-yanvar sanasida 205 043 soʻmga VISA kartasi bilan xarid amalga oshirgan Diyor aka Rustamovga omad kulib boqdi.

Diyor akaning aytishlaricha, 2017-yildan buyon Korzinkadan xaridlar amalga oshirib keladilar Supermarketimizda aksiya reklamasini koʻrgach, gʻolibimiz omadini sinagan va VISA kartasi bilan toʻlov qilgan. Qoʻngʻiroq qilganimizda esa gʻolibimiz dastlab hatto xushxabarga biroz ishonmadi

Eslatib oʻtamiz, aksiya 9-yanvardan 21-mart oxiriga qadar boʻlib oʻtgan. Ishtirok uchun Oʻzbekiston banklarida ochilgan VISA kartasi bilan 150 000 soʻm yoki koʻproqqa tovar xarid qilib, toʻlov amalga oshirish zarur edi.

Biz gʻolibimizni katta sovrin bilan tabriklaymiz va siz aziz mehmonlarimizga yangi aksiyalarda omad tilaymiz! Ishtirok eting va gʻalaba qozoning!

Gʻoliblar aniqlangan jonli efirlar yozib olingan videolarni bizning YouTube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.

App | Telegram | Facebook | Insta | Web