Get Mystery Box with random crypto!

Ramazon Hayitining ilk kunida biz siz uchun 06:00dan ishlashni | korzinka.uzb

Ramazon Hayitining ilk kunida biz siz uchun 06:00dan ishlashni boshlaymiz!

Do‘stlar, supermarketimizning doimo aziz mehmonlari, muqaddas Ramazon Hayit ayyomi arafasida ajoyib xushxabarni sizga ulashmoqchimiz! Sizga qulay bo‘lishi uchun biz Ramazon Hayiti bayramining ilk kunida bir necha supermarketlarimiz o‘z ishini 06:00dan boshlashini ma'lum qilamiz. Biz fayzli bayram dasturxoningizga ko‘rk beradigan eng zarur va eng mazali noz-ne'matlarni tayyorlab qo‘ydik!

06:00dan ishlaydigan supermarketlarimizning to‘liq ro‘yxati bilan saytimizda tanishishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bizning besh supermarketimiz kun-u tun ishlaydi. Bular – Bunyodkor, Ko‘hinur, Turkmenskiy, Markaz-6 va Shahriston supermarketlarimizdir.

Biz bilan ekanligingiz uchun rahmat

#HayitMuborak

App | Telegram | Facebook | Insta | Web