Get Mystery Box with random crypto!

Endi tabiatga g‘amxo‘rligingiz ifodasi ila Korzinkadagi xaridi | korzinka.uzb

Endi tabiatga g‘amxo‘rligingiz ifodasi ila Korzinkadagi xaridingizning qog‘oz chekidan voz kechishingiz mumkin!

Korzinka mobil ilovamizning yangi funksiyasi — kassada qog‘oz chekni chop etishni o‘chirib qo‘yishni e’lon qilishdan mamnunmiz Elektron cheklardan foydalaning va atrof-muhitni asrashga o‘z hissangizni qo‘shing. Buning uchun ilovani so‘nggi talqinigacha yangilash va Korzinka karta sozlamalarida “Chekni qabul qilish” tugmachasini o‘chirib qo‘yish kifoya.

Xaridlar ro‘yxatidan havotir olmang Elektron chekingiz mobil ilovamizning Korzinka karta tarixida saqlanadi. Bu esa uning hamisha qo‘l ostingizda.

Soliq qoʻmitasidan keshbek haqida qaygʻurmang. Mobil ilovamizda tovarlarga bank kartasi bilan to‘laganingizda chek haqidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda Soliq ilovasiga yuboriladi va sizga keshbek hisoblanadi.

Agar siz tovarlarga naqd pulda toʻlayotgan boʻlsangiz, elektron chekdagi fiskal kodni koʻchirib oling va uni Soliq ilovasiga kiriting.

Yangi funksiya mobil ilovamizdagi Korzinka kartangiz yordamida amalga oshirilgan xaridlarga taalluqlidir.

Ulanish bilan bogʻliq tafsilotlarni saytimizdan oʻqib olishingiz mumkin.

Korzinka mobil ilovamizni yuklab oling va Korzinka Plus karta dasturimiz a'zosiga aylaning!

App | Telegram | Facebook | Insta | Web